FUQAROLIK ISHI — fuqarolik sudida fuqaroprotsessual qonunlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladigan har qanday ish. Fuqarolik ishiga quyidagilar kiradi; fuqarolik huquqi toʻgʻrisidagi kelishmovchilikka doir ishlar; boshqaruv organlari yoki mansabdor shaxslarning oʻz vakolatlarini fuqarolarning hukuqlarini kamsitib sodir etgan harakatlari yuzasidan shikoyatlar boʻyicha ishlar; yuridik ahamiyatga ega boʻlgan dalillarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar va maxsus yuritiladigan boshqa ishlar. Fuqarolik ishlari tufayli fuqarolarning shaxsiysiyosiy, iqtisodiyijtimoiy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun b-n qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinadi.