GENERATIV ORGANLAR

GENERATIV ORGANLAR (lot. genero — yarataman, hosil qilaman) — oʻsimliklarning jinsiy koʻpayish funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan organlari. Vegetativ va jinssiz koʻpayish organlari bilan birga reproduktiv organlarga kiradi. Turli sistematik guruhdagi oʻsimliklarda Generativ organlar ham turlicha boʻladi. Sporali oʻsimliklarning Generativ organlar anteridiy va arxegoniy, gulli oʻsimliklarning bunday organi erkakli gametofiti va murtak xaltasi hisoblanadi. Urugʻli oʻsimliklarda evolyutsiya natijasida hosil boʻlgan gul ham Generativ organlar deyiladi. Tuban suv oʻtlarida Generativ organlar ixtisoslashmagan boʻlib, faqat fiziologik jihatdan oʻzaro farq qiladi. Ochiqurugʻlilar Generativ organlar reduksiyaga uchragan. Gul changchilarining toʻplami androtsey, urugʻchilarining toʻplami ginetsey deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: GENERATIV ORGANLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
REPRODUKTIV ORGANLAR
JINSIY HAYOT
VEGETATIV KOʻPAYISH
JINSSIZ KOʻPAYISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты