GʻURUMSAROY JANGI

GʻURUMSAROY JANGI — Toshkent hokimi Yunusxoʻja bilan Qoʻqon xoni Olimxon qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan jang (1803). Yunusxoʻja fargʻonani bosib olish maqsadida harbiy yurish qilgan. U Qoʻqon aholisi va qoʻshinining yordamiga koʻz tikkan edi. Olimxonning buyrugʻiga koʻra, Xoʻjand hokimi Rajab qushbegi oʻz qoʻshini bilan Sirdaryoning oʻng sohi-liga oʻtgan va tunda Samgʻar va Qami-shqoʻrgʻon orqali oʻtib ertasi kuni Gʻurumsaroyga yetib kelgan. Bu yerga Yunusxoʻja qoʻshini dovonni chetlab oʻtib Chodak yoʻli orqali kelgan, ayni vaqtda Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻida Gʻurumsaroyning qarshisida Olimxonning ilgʻor harbiy qismi paydo boʻlgan. Rajab qushbegi Qoʻqonning oq yalovini koʻtargan otliq tugʻbegi atrofiga 50 ta oʻqchini joylashtirib, Yunusxoʻja otliqlarining yalovga qilgan hujumini qaytargan. Rajab qushbegi otliqlarining qarshi hujumi raqib qoʻshini saflarini toʻzitib yuborgan, natijada Yunusxoʻja magʻlu-biyatga uchragan. Yunusxoʻja jang may-donini tashlab qochgan. Olimxon katta oʻlja va koʻplab asirlarni qoʻlga kiritgan.


Lotin alifbosida maqola: GʻURUMSAROY JANGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: G' harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HARBIY SANʼAT
QOʻQON XONLIGI
XITOY
MOʻGʻULLAR ISTILOSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты