Usmon Nosir (1912-1944)



30-yillarning ko‘zga ko‘ringan, el og‘ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo‘qonda bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining til va adabiyoti fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O‘zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o‘z aksini topti.

Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan.

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida Pushkinning «Boqchasaroy fontani», Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlari o‘zbek kitobxonlarining qalbiga yetib borgan.

Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘on davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-uqubatda o‘tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Usmon Nosir (1912-1944) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Adabiyot fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты