Movarounnahrni mahv etgan xato

XXI asrda Xorazmshoxlar davlati dunyoning eng boy davlati edi. Bugungi Eron, Pokiston, Afg'oniston va O'rta Osiyoning kattagina xududi bu davlat chegaralari ichida qolib ketardi. Buyuk davlatning buyuk tashvishlari bo'lishini Muhammad Xorazmshox bilardi...

Buyuk Ipak yo'li Xorazmshohlar xazinasiga juda katta daromad keltiradigan manba bo'lgan. Xitoy, Hindiston, Old Osiyo, Rus yerlari hatto G'arbiy Yevropadan savdogarlar savdo-sotiq markaziga aylanib ulgurgan Marv, Buxoro va Samarqandga ko'plab tashrif buyurardi. Samarqand yarim milliondan ortiq aholiga ega yirik shaharga (o'sha zamonlarda Parij va London aholisi nari borsa 30-40 mingga zo'rg'a yetgan) aylanib ulgurgan, bozorida dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan mahsulotlar ko'p edi.
Shuningdek, u Islom dunyosida ilm-fan va madaniyat markazi sifatida shuhrat qozongan edi. Iqtisodiy jihatdan ham juda baquvvat bu yurtning ketma-ket muvaffaqiyatli yurishlar natijasida sarhadlari ancha kengayib, deyarli butun Yevropa hududiga teng kelar edi. Salb yurishlari davrida Frantsiya, Germaniya, Angliya kabi o'lkalarning umumiy qo'shini 50 ming kishidan iborat bir paytda Xorazmshoh ixtiyorida juda yaxshi qurollangan 500 ming zirhli qo'shin shay turardi.
Bir kuni shohga noxush xabar keladi. E'tiborsiz ko'ringan bu xabar hukmdorni o'ylantirib qo'ydi. Sharqda 3000 km uzoqlikda yangi bir kuch paydo bo'lgandi. Bu kuch nasl-nasabining tayini yo'q, chodirlarda yashovchi ko'chmanchi mo'g'ullar qirolligi edi.
Bu yarim yovvoyi qabilalarni 1206 yili o'zini «xonlar xoni» deb e'lon qilgan Chingizxon (Temuchin) birlashtirgan edi. U qo'shini bilan Shimoliy Xitoyning boy viloyat va shaharlarini zabt etib ulgurgan edi. Qoraxitoylar Qushluq boshchiligida Chingizxonga qarshi isyon ko'targanda Xorazmshoh qoraxitoylarni yashirincha dastaklash bilan mo'g'ullar davlatini parchalab tashlamoqchi bo'ladi. Chingizxon 20 ming kishilik qo'shin jo'natib qattiqqo'llik bilan isyonni bostiradi. Qoraxitoylar isyoni bostirilgach, Xorazmshoh jiddiy tashvishga tushadi.
O'sha kezlari Muhammad Xorazmshohning onasi Turkonxotun o'z atrofiga qang'li-qipchoq zodagonlaridan hukmdorga qarshi fitna guruhi to'plab, taxtni egallamoqchi bo'ladi. Saroy ahli orasida hukmdorning obro'si kun sayin tushib borar edi. Savdogarlar qiyofasida O'rta Osiyoga kelib ketayotgan mo'g'ul josuslari qal'a, daryo kechuvlari va viloyat hokimlari o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilab o'rganib chiqadilar. Xorazm lashkari soni va joylashgan yerlari haqidagi aniq va qimmatli ma'lumotlardan keyin Chingizxon uzoq o'ylab, O'rta Osiyo yurishiga tayyorlanish uchun farmon beradi. 100 mingdan sal ko'proq qo'shini bo'lgan Chingizxon nima sababdan bunday nozik qarorga borgan edi? Buni quyidagi sabablarda ko'rish mumkin:

1. Xorazmshohlar davlatida markaziy hokimiyat bilan viloyat hokimlari o'rtasida birlik yo'q edi (ko'p viloyat hokimlari Turkonxotunning qabiladoshlari bo'lgan).
2. Sarkardalar ichida o'ziga qarshi guruh vakillari borligidan shubhalangan Xorazm hukmdori qo'shinni bir necha qismga bo'lib, mamlakatning turli tomonlariga har xil bahonalar bilan jo'natib yuborgan edi.
3. Chingizxon tarixda birinchi bo'lib qo'shinni o'nlik, yuzlik, minglik va o'n minglyk qismlarga bo'lib chiqqan edi.

Bu usul jang mobaynida aniq bir qismni qiyinchiliksiz boshqarish imkonini yaratdi. Chingizxon faqat qaysi bo'linmani jangning qaysi qismiga borishi kerakligini, qaysi qism yolg'ondan chekinishi, yoki qaysi qysm dushman qo'shiniga orqadan zarba berishi lozim ekanini bir og'iz gap bilan tushuntira olardi. Har bir mo'g'ul jangchisi jangovor tartibda o'z o'rnini aniq bilgan. Deyarli 100 foiz suvoriylardan tashkil topgan qo'shin jangga o'z o'nligi bilan birga kirgan. Agar harbiy qismdagilar chekinib, bir qism askarlar asirga tushsa, qochib kelganlarning barchasi birodarini jang maydonida tashlab qochgani uchun qatl etilardi. Shu sababdan mo'g'ul qo'shinida deyarli chekinish bo'lmagan.

4. Shimoliy Xitoyni qo'lga kiritgan Chingizxon qo'shinini Xitoyning ilg'or texnik qurollari - manjaniq, naftandoz va zambaraklar bilan qayta jihozlagan edi. Uning qo'shiniga Xorazmshohlar davlatining qal'a devorlari to'siq bo'lolmasdi.
5. Ko'pincha Chingizxon lashkarni ikki zarbdor qismga bo'lardi. Biri jang qilayotganda ikkinchisi hordiq chiqarar, keyin esa o'rin almashinish orqali dushmanga dam olish, kuchlarni qayta tashkillashga fursat beril-mas edi.
6. Chingizxon o'z qo'shinining tezkorligiga qattiq ishonar edi. Dushman mo'g'ul lashkarini olti kundan keyin yetib kelishini kutarkan, ularni ikki-uch kunda qarshilarida ko'rgach jiddiy sarosimaga tushib qolardi.

1218 yili Chigizxon Urganchga ko'p miqdorda qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuya hamda 450 musulmon savdogardan iborat juda katta savdo karvoni va elchilarini jo'natadi. Karvon Urganchga yetib bormay chegara shahri O'tror hokimi Inolchiq tomonidan talon-taroj qilinadi. Urushga har tomonlama taiyorgarlik ko'rgan mo'g'ullar hukmdoriga O'rta Osiyoning boy va obod viloyatlariga bostirib kirishi uchun bir bahona yetishmayotgan edi xolos. U qimmatbaho mollar ortilgan karvonni soqchilarsiz, zolim va ochko'z hokimi bilan tanilgan O'tror orqali jo'natilishini oldindan rejalashtirgan edi.

Chingizxon Muhammad Xorazmshoh huzuriga Ibn Kafroj Bug'roni elchi sifatida yuborib Xorazm ma'murlaridan hisoblangan O'tror noibining xatti-harakatidan noroziligini, Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo'natishini talab qiladi. Qabul qilib bo'lmas bu talablarni eshittan Muhammad Xorazmshoh elchini o'ldirishni, u bilan birga kelgan ikki mulozimining soqol-mo'ylovini qirib, sharmandalarcha qaytarib yuborishni buyuradi. Shu bilan elchilik aloqalari uzilib, urush boshlanadi.

Sharqiy Turkiston va Yettisuvda paydo bo'lgan urush tahlikasiga qarshi chora-tadbirlar ko'rish uchun darhol tayyorlanish zarur edi. Xorazm davlatida qamal qurollari va ularni ishlatishni yaxshi biladigan mohir sarbozlar ko'p edi. Urush uzoq muddatga cho'zilgudek bo'lsa ham mudofaachilar uchun yetarli darajada oziq-ovqat va yem-xashak mavjud edi. Askarlarning umumiy soni jihatdan shubhasiz Xorazmshoh birmuncha ustunroq ham edi. Afsuski, podshoh bilan sarkardalar o'rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Harbiy kengashda ular o'rtasidagi ixtilof yaqqol namoyon bo'ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish o'rniga fikrlar bo'linib ketdi. Xiva vakili sarkarda Shahobiddin Xivakiy bor qo'shinni Sirdaryo bo'yiga to'plab, mo'g'ullarni qarshi olish, uzoq yo'ldan toliqib kelayotgan dushmanga o'zini o'nglab olmasdan turib, yangi kuch bilan to'satdan zarba berish haqida yagona to'g'ri fikrni bayon qiladi. Biroq Xorazmshoh bunday maslahatni qabul qilmaydi. Chunki u o'zining oliy lashkarboshilari bo'lgan qipchoq sarkardalariga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Harbiy kengashda bo'lajak urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qilindi. Xorazmshoh mo'g'ullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning markazi - Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak deb o'ylagan edi. Shuning uchun ham Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashga buyruq berdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida uch marta xiroj yig'ildi. Shunga qaramay Xorazmshoh mudofaaga tayyor emas edi.

1219 yilning kuzida Chingizxon 200 minglik qo'shin blan Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Shaharlar mudofaasiga bo'lib yuborilgan tarqoq lashkar tezkor va shavqatsiz dushman tomonidan birin-ketin qirib tashlanadi. Dastlabki zarba O'trorga beriladi. Chingizxon qo'shinni bir necha qismga bo'lib, turli yo'nalishlarda yurish boshlaydi. Bir vaqtning o'zida mo'g'ul lashkari bir necha shaharni qamal qilib zabt etadi.
Aholi orasida «mo'g'ullarni yengish imkonsiz, yaxshisi jangsiz taslim bo'lsak, bizlarga shafqat qilishadi», degan vahimali gaplar tarqatila boshlandi. Dushmanga jangsiz taslim bo'lgan Zerinuq, Nur qal'alari va O'zgan shahri talon-toroj qilinadi. Qarshilik ko'rsatgan bir necha shahar aholisi butunlay qirib tashlanadi. Ba'zi shaharlarda esa qurollangan aholi qilichdan o'tkazilib, qolganlari qul qilib sotiladi.

Shaharlarning birin-ketin taslim bo'lgani haqidagi xabarlardan esankirab qolgan Muhammad Xorazmshoh vahimaga tushib, hokimiyat jilovini qo'ldan chiqarib yuboradi. Chingizxon mohir qo'mondoni Subutayga sara jangchilardan iborat 20 ming kishilik lashkari bilan Muhammad Xorazmshohning kallasini olib kelish vazifasini yuklaganidan xabar topgach, ortiga qaramay qochadi. Bu «quvlashmachoq» Xuroson, Eron orqali davom etadi. Oxiri Muhammad Xorazmshoh taxtdan voz kechib, Kaspiy dengizi janubidagi Ashura oroliga qochib boradi. Shu orolda u ruhiy kasallikdan vafot etadi.
Taxt vorisi Jaloliddin Manguberdi, Xo'jand hokimi Temurmalik, Urganch aholisi orasida obro'i baland shayx Najmiddin Kubrolar mo'g'ullarga qarshi mudofaani tiklashga qanchalar urinmasinlar fursat qo'ldan boy berilgan edi. Turkonxotun va qipchoq lashkarboshilari tayyorlayotgan navbatdagi fitnadan xabar topgan Jaloliddin Urganchni ham tark etib, Xurosonga ketadi. Mohir sarkarda sifatida tanilib ulgurgan Jaloliddin Parvona dashtida Shiki Xutuxu No''yonni 45 ming kishilik askari bilan qirib tashlaydi. Jangdan keyin o'lja taqsimlashda lashkarboshilar o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, qo'shin parchalanib ketadi. Fursatdan foydalangan Chingizxon Jaloliddin ustiga qo'shin boshlab keladi. 1221 yilning 25 noyabrida Hind daryosi bo'yidagi jangda Jaloliddin Chingizxon qarorgohiga bostirib kiradi. Chingizxonni muqarrar o'limdan yordamga yetib kelgan «keshik» degan sara qo'shin qutqarib qoladi. Mag'lubiyatga uchragan sarkarda onasining oldindan qilgan vasiyatiga ko'ra rafiqasi, onasi va bolalarini daryoga tashlashga amr etadi. O'zi esa 4 ming kishilik askari bilan Hind daryosining narigi qirg'og'iga o'tib oladi (daryoning bu joyi hozirda «ot sakrash» deb ataladi). U Eron va Kavkazda kuchli davlat tuzmoqchi bo'ladi, lekin har ikkala joydagi ilk g'alabadan keyinoq o'lja taqsimlash masalasida kelishmovchiliklar sababli qo'shin tarqalib ketavergan. Jaloliddin 1231 yili vafot etguncha mo'g'ullarga qarshi kurashini davom ettiradi.
Mo'g'ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning gavjum va ko'rkam shaharlari xarobazorga aylandi. Samarqandni ichimlik suvi bilan ta'minlab turuvchi yagona suv inshoot - Qo'rg'oshin novasi va qal'a devorlari (keyinchalik Amir Temur tomonidan tiklangan), Marv vohasi sug'orish tarmoqlarining bosh to'g'oni - mashhur Sultonband buzib tashlandi. Samarqandliklar 1750-1800 yil davomida ota-bobolari yashab kelgan o'z ona shaharlarini tark etib chiqib ketishdi. Marv aholisi esa suvsizliqdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o'zga yerlarga borib joylashdi. Voha kimsasiz dashtga aylandi. Urganch suvga bostirilib, batamom vayron etildi. Ziroatchi aholining keskin kamayib ketishi oqibatida dehqonchilik tanazzulga yuz tutdi. Yuz minglab mohir hunarmand va ustalar Mo'g'ulistonga haydab olib ketildi. Osiyoning hech bir o'lkasi mo'g'ul bosqinini Jayxun va Sayxun oralig'idagi viloyatlar kabi dahshatli darajada his etmadi. Chunki bu jangari ko'chmanchilar Movarounnahrda yuksak hunarmandchilik, ichki va tashqi tijorat hamda sug'orma ziroatchilik bilan kasb etilgan asosli idora usulini birinchi marta ko'rdilar. Talon-toroj, zo'rlashga bo'lgan chanqoqlarini ilk bor shu yerda qondirdilar.

Asrlar davomida Xitoy va Hindistondan Ulug' Turkiston orqali Kichik Osiyo va Yevropa tomon kesib o'tgan mashhur «Ipak yo'li» mo'g'ullar bosqini davrida butunlay barham topdi. Bu davrda ilm va ma'rifatga yetkazilgan jarohat ham oz bo'lmadi.
Bu bosqinda O'rta Osiyo aholisining 75 foizi qilichdan o'tkazilgan edi. Birgina noto'g'ri berilgan qaror sababli Xorazmshohlar davlati barham topdi. Urta Osiyo taraqqiyot borasida bir necha yuz yilga ortga qaytdi. Qiziqarli bir fakt: mo'g'ullar butun tarix davomida bir marta - Chingizxon hukmronligi davrida bosqinchilik urushlari olib borishgan ekan xolos.

Agar Xorazmshohlar saltanati mudofaani to'g'ri tashkillashtirganda XIV asrning 70-yillarigacha davom etgan istilo ham bo'lmas edi. Rus xalqi 1480 yilgacha mo'g'ullarga bosh egmagan, markaziy Yevropaning qoq o'rtasidagi Vena shahri (hozirgi Avstriya respublikasi poytaxti) mo'g'ul lashkari hujumidan dag'-dag' titramagan bo'lardi. Shu birgina xato sababli millionlab odamning yostig'i qurib, yirik madaniyat markazlari vayron qilindi.

Lotin alifbosida maqola: Movarounnahrni mahv etgan xato haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'rta Osiyoning qadimgi tarixining Xitoy manbalarida yoritilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты