20-30-yillar O'zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi

20-yillarning boshlarida joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O'zbekistonning ham iqtisodiyotida jonlanishga olib keldi. Lekin 20-yillarning oxirida bu siyosat o'zining mohiyatini yo'qota boshladi va 1929 yilda batamom bekor qilindi. Erkin savdo, xususiy tadbirkorlikka chek qo'yildi. Qishloq xo'jalik maxsulotlarining xa-rid narxi tushirilishi oziq-ovqat muammosini keltirib chiqardi, dehqonlar qashshoqlashdi.

O'zbekistonda sovet hokimiyatini mustahkamlashning zaruriy sharti sifatida in-dustriyalashtirish siyosatini amalga oshirish boshlandi. Sanoati qoloq, malakali ishchi kadrlari, mutaxassislari deyarli yo'q, og'ir sanoatni rivojlantirish tajriba-si yo'q o'lkada industriyalashtirish og'ir kechdi. Shu bahona malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlarni Rossiyaning markaziy hududlaridan ko'chirib keltiril-di. Faqat 1931 yilning o'zida ko'chirib keltirilganlar 15.000 nafarni tashkil qil-di. Oqibatda 1926-1939 yillari O'zbekiston aholisi 37 foizga ko'paygan bo'lsa, yev-ropaliklar soni 62 foizga oshdi.
Industriyalashtirishning dastlabki paytida kichik suv elektrostantsiyalari hamda qishloq xo'jaligiga, paxtachilikka qaratilgan xom-ashyoni qayta ishlash korxonalari qurilib ishga tushirildi. Chirchiqdagi GESlar, Toshkent tikuvchilik, poyafzal, tama-ki, Farg'ona to'qimachilik, Samarqand va Marg'ilondagi ipak fabrikalari shular jumlasidandir. 30-yillarda Toshkent to'qimachilik kombinati, qishloq xo'jalik ma-shinasozlik zavodi, Chirchiq ximiya kombinati va boshqa ko'plab yirik korxonalar ish-ga tushirildi. 30-yillar oxirida respublikada 1445 ta har xil sanoat korxonalari mavjud bo'lib, bularda 142 ming ishchi mehnat qilar edi.
Sovetlarning «o'z kuchimiz bilan qisqa muddatda» deb olib borgan industriyalash-tirish siyosati O'zbekiston uchun g'oyat og'ir kechdi. Markaz respublikamizning yer osti va yer usti qazilma boyliklari, xom-ashyo manbalarini talon-taroj qilib, arzon ish-chi kuchidan foydalanib, o'lkadan mumkin qadar ko'proq foyda olish harakatida bo'ldi. Bu siyosat ayniqsa millionlab dehqonlar hisobidan amalga oshirildi. Chunki qishloqda zo'rlik bilan olib borilgan jamoalashtirish siyosati g'arazli maqsad uchun juda ham qo'l keldi.
1930 yilning boshlaridan yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlanib, katta yer egalari, o'rta hol dehqonlar va kambag'allarning yerlari jamoa xo'jaliklariga bir-lashtirildi, ularning qo'llaridagi ot-ulov, mehnat vositalari, chorva mollari ham majburiy umumlashtirildi.
Davlat, jamoa xo'jaliklari orqali rejalashtirilgan yo'l bilan mehnatkash dehqonlar oladigan hosilning deyarli barchasini yig'ib oladigan bo'ldi. Buning nati-jasida dehqonlar xo'jaligi xonavayron bo'ldi. 30-yillar boshlarida yuz bergan ochar-chilik, uning oqibatida minglab kishilarning qirilib ketishi, aholining haligacha qishloq xo'jalik mahsulotlariga yolchimay kelishi-o'sha davr ko'r ko'rona siyosatining natijasi bo'ldi.
Ommaviy jamoalashtirishga suyanib, badavlat xo'jaliklar, ayrim o'rtahol dehqon-lardan 5,5 mingdan ortig'i o'z oilasi bilan uzoq o'lkalarga surgun qilindi. Bu bilan sovet davlati qishloq aholisining bosh ko'tarishga qodir, vaziyatni tushunadigan qismini yo'q qilib, talonchilik siyosatini osonlashtirdi.
O'z-o'zidan ravshanki, jamoalashtirish siyosati natijasida qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi pasayib, moddiy manfaatdorlik yo'qoldi, qishloq aholisi qashshoqlashdi, dehqonni ekspluatatsiya qilishning birdan-bir takomillashgan uslubi kashf etildi.
Hatto xalqimizning qadim an'anasi hashar ham ekspluatatsiya quroliga aylanti-rildi. 1939 yilda qazilgan Katta Farg'ona kanali bir tomondan, xalqimizning mehnat jasorati, ikkinchi tomondan xalqni ezishning sovetcha ko'rinishi bo'lgan de-sak xato qilmaymiz. O'zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish yo'li bilan SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.

Lotin alifbosida maqola: 20-30-yillar O'zbekiston iqtisodi va uning Markazga qaramligi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты