Qatag'onlik siyosati

20-yillar oxirida sobiq ittifoq va respublikada tartib topib kelayotgan talablar jamiyatiga xos xususiyatlar tobora oshkora namoyon bo'la boshladi. Bu jamiyatning negizi bo'lib qolgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, NEP iqtisodiyotining ziddiyatlarini o'ziga singdirib, «harbiy kommunizm» an'analarini davom ettirib bordi. Asosiy qismi past malakali va qashshoq kishilardan iborat bo'lgan ishchilar bozor stixiyasini yakka tartibda zo'r berib qilinadigan ijodiyotini emas, balki tayinli ma'lum ijtimoiy kafolatlarni afzal ko'ra boshladi. Aynan mana shu holatlar ma'muriy  islohot tizimiga  moyillik tug'dirar edi. Bu esa ommani g'oyaviy jihatdan bo'ysindirish imkoniyatini yengillashtirar edi.
Iqtisodiyot, siyosat, madaniyat partiya va davlat nomenklaturasi iskanjasiga tushib koldi. Hukmron partiyaning tor doirada qabul qilgan qarorlari mamlakat uchun majburiy edi. Rasman e'lon qilingan demokratik jarayonlar ijodiy baxs, munozaralar, kelishuv yo'llarini qidirishlar amalda to'xtatilgan edi. Sovetlar va jamoat tashkilotlari yuqoridan berilgan direktiv ko'rsatmalarning passiv ijrochilariga aylanib qoldilar. Hukmron partiya organlarisiz bironta qaror ham, qabul  qilish mumkin bo'lmay qoldi. O'sha davr konstitutsiyasida e'lon qilingan haq-huquqlar ommaviy ravishda buzila boshlandi.
Markaz va joylarda partiya-byurokratlar apparati tobora ko'chayib bordi. Uning butun mexanizmi hukmron partiyaning «zo'raki yangi jamiyat»  qurishiga doir yo'l yo'riqlarini amalga oshirishga qaratilgan edi.
Butun mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti partiya tazyiqi bilan amalga oshirila boshladi. Jumladan: 30-yillarda respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayoti ham sovet targ'ibotining mustahkamlanishi va shaxsga sig'inishning ko'chayib borishi sharoitlarida o'tdi. Xukmron partiyaning tarkibiy qismi bo'lgan O'zbekiston kompartiyasi ham respublika hayotining butun ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy sohalariga rahbarlik qildi. Barcha jabhalar uning nazorati ostiga o'tdi. 1929 yilda o'tkazilgan partiyadagi tozalash natijasida hukmron partiya a'zolarining 15,6 % uning saflaridan chiqarildi. Ularning ko'pi aybsiz bo'lsa ham jazolandilar. Ommaga partiya ta'sirini ko'chaytirish  maqsadida korxonalarda partiya komitetlari va sex yacheykalari, brigadalarda partiya  guruhlari, kolxozlarda boshlang'ich partiya tashkilotlari tuzildi. Qishloq sovetlari kolxoz, sovxozlar qurilishida, Qishloqning siyosiy va xo'jalik hayotida partiya bo'limi amalga oshirib boradigan ijrochi organlarga aylanib bordi. 30-yillarda jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha sohalari ustidan hukmron partiya nazorati yanada ko'chaydi. Insonlarning butun hayoti, ularning o'y-fikrlari asta-sekin hamma narsani unutishga majbur qiladigan yangi jamiyat qurish g'oyasini amalga oshirishga karatildi, xaddan tashqari tig'iz va uddalab bo'lmaydigan besh yilliklar topshiriqlarini bajarishga bo'ysundirildi.
Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) o'zil kesil barham topdi. Qishloq xo'jaligini zudlik bilan kollektivlashtirish yo'liga qatiyan kirishildi. Shahar bilan Qishloq qisqa muddat ichida qattiq markazlashtirish va ma'muriyatlashtirish ixtiyoriga tushib qoldi. Sanoat va savdoda davlat sektori tobora  qattiq monopolist, ya'ni yakka xokim bo'lib bordi. O'zbekistonda ham sanoatda umumiylashtirish jarayoni boshlandi. Mayda sanoatdagi xususiy sektorning ulushi to'xtovsiz qisqaraverdi va 20 yillarning oxirlariga kelib deyarli barham topib ketdi. Industriallashtirish va hunarmandlarni kooperatsiyalash natijasida respublika sanoatida xususiy sektor deyarli butunlay tugatildi.
Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimini ta'minlashda iqtisodiyotni rivojlantirishning rejalar asosidagi usullari muxum rol o'ynadi. Ular iqtisodiyotga rahbarlik qilishni davlat tamonidan ishlab chiqiladigan xalq xo'jaligi rejalari asosida mumkin qadar ko'proq markazlashtirishni mustahkamlab berdi.
Sovet tuzimida azaldan mavjud bo'lgan ziddiyatlar 30-yillarda ko'chaya boshladi. Hayotning barcha tamonlari ustidan davlat to'la nazorat olib boradigan, partiya apparata har qanday xukum chiqarishga qodir bo'lgan vaziyatda mehnatkashlar hayotining ijtimoiy iqtisodiy, maishiy  sohalarni isloh qilish yoki loaqal yumshatish to'g'risida so'z ham bo'lishi mumkin bo'lmay qoldi.
O'sha davr xukmron mafkurasi tomonidan sotsializmning kapitalizmdan afzalligi to'g'risida, mehnatkashlar faravonligini tubdan yuksaltirishga, hayotning asl mohiyatini o'zgartirishga qodir bo'lgan yangi ijtimoiy tizim to'g'risida e'lon qilingan fikrlari marksizm-leninizm nazariyasiga, shak-shubhasiz, jozibador tus berar edi. Biroq ma'muriy-islohot, totalitar targ'ibot sharoitlarida bu nazariyaning amaliyot bilan to'qnashuviga bardosh bera olmagani 30-yillarning o'zidayoq ma'lum  bo'lib qoldi. Chunki  hayot tajribasi moddiy boyliklarni bir tekis taqsimlash, ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish, xususiy mulkni tugatish, bozorga qarab xo'jalik yuritish mexanizmlaridan voz kechish siyosatining be'maniligini isbotlab berdi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining pasayib borishi muqarrar sur'atda mehnatga to'lanadigan haq miqdorining kamayishiga, mehnat va turmush sharoitlarining yomonlashib qolishiga olib keldi. Mehnat to'g'risidagi qonunlarning qattiqlashuvi ishchilarning ishlab chiqarishga va Qishloq aholisini kolxozlarga zo'rlab biriktirib qo'yish, ishga kechikganlik uchun jinoiy jazo berishni joriy etish va boshqa choralar totolitar tuzimning samaralari bo'lib, ular og'ir oqibatlarni keltirib chikardi.

Mamlakatda ma'muriy islohot, byurokratik tuzimning shakllanishida sun'iy obro'lar bilan, qattiq qullik va jaholat orqali «xalqlar otasi» nomini olgan I.V.Jugashveli (Stalin) ning xizmati kattadir. U 1922 yilda mamlakat hukmron partiyasi markaziy qo'mitasi bosh kotibi lavozimini egallab, 20- yillar oxirlarida «dohiy» darajasiga erishgan edi. U o'ta ustalik bilan o'zidan har tamonlama kuchli bo'lganlarni  yo'q qila oldi. O'zi singari byurokrat, totolitarlarni esa o'z atrofiga to'pladi. U o'zigacha xalq ishonchini qozona olgan bolsheviklar rahbari nomini o'ziga qalqon qilib oldi. Stalin oppozitsiyachilar bilan kurashni «Sotsializm uchun kurash» dek tarzda olib bordi. U Leninning davomchisi rolini  o'ynadi. Kim o'ziga qarshi chiqsa, uni «Leninga qarshi», «sotsializmga qarshi», deb e'lon qildi.
O'sha davrdagi tashqi ahvolnining og'irligi, mamlakatning  holsizligi ham markazlashtirilgan boshqaruv uchun imkoniyat yaratib berdi. Ayniqsa mamlakat  aholisining katta qisminining savodsizligi  ham bunday boshqaruvga imkon yaratdi.
Bu holatlar esa Stalin shaxsiga sig'inishdek uzoq davom etgan kasallikni keltirib chiqardi.
Mamlakatda bundan keyingi amalga oshirilgan barcha ishlar, muvaffaqiyatlar, yutuqlar Stalin nomi bilan bog'landi. Uning nomini yanada ulug'lashda «soxta shiorlar», «soxta tashabbuskoliklar», «soxta  qahramonliklar» ham muhim rol  o'ynadi.  Ayniqsa fashizmga  qarshi matonat bilan kurashgan  xalqning g'alabasi ham «Stalin boshchiligidagi g'alaba»ga aylandi.
Buyuk orzu-niyatlar bilan «yangi jamiyat» qurmoqchi bo'lgan oddiy  xalq esa mamlakatda bo'layotgan siyosiy jarayonlar mohiyatini anglab yeta olmas edi. Chunki Stalin yasagan siyosiy apparat, uning  g'oyaviy yo'nalishi barcha qilinayotgan ishlar oddiy xalq,  mehnatkashlar manfaati uchun  qilinayotgandek tasavvur hosil qilar edi. Xatto odamlar Stalinsiz o'z  hayotlarini tasavvur qilolmaslik darajasiga ham tushib qolgan edilar. Shu sababdan ham ular Stalin vafot etganda (1953 yil 5 mart) «endi nima qilamiz?», «endi qanday yashaymiz?» deb vasvasaga ham tushgan edilar.
Ana shu tariqa boshqarishning ma'muriy–buyruqbozlik usuli, Stalin shaxsiga sig'inish mamlakatda o'zboshimchalik va g'ayri qonuniylikni boshlashga va bunday holatlarni keng miqyosda yoyilishiga sharoit yaratib bergan edi.

Biz o'rganayotgan 20-30 yillarda Respublikamiz hayoti Markazning qattik nazaroti ostida o'tar edi. Partiyaning  yo'l-yo'riqlaridan bir oz bo'lsa-da chetga chiqish siyosiy, aksil inqilobiy  harakat deb  baholanar edi.
«Sotsializm  mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman  qarshiligi ham shunchalik ko'chayib boradi» degan stalincha soxta g'oya butun mamlakatda qatag'onlik siyosatini boshlanishiga sabab bo'ldi. VKP(b) markaziy qo'mitasi tomonidan o'ylab chiqarilgan «partiyadagi o'ng xatar» ning e'lon qilinishi bilan mamlakatda «Troitskiychilar» niqobi ostida, xibsga olinishlar boshlandi.
Mamlakatda boshlangan katag'onlik siyosatining bosh  maqsadi zo'raki o'rnatilgan tuzumga  qarshi bo'lganlardan o'ch olish, Stalin siyosatidan norozi  bo'lganlar va undan aql, bilim jihatdan ustun turganlarning  yo'q qilish hamda yangicha ko'rinishda davom etayotgan mustamlakachilik siyosatini  mustahkamlashdan iborat edi.

O'zbekiston kompartiyasining IV s'ezdi (1929 y) ham Respublikamizda partiya tashkilotlaridagi  guruhbozlikka  qarshi kurash niqobi ostida tazyiq mexanizmini ishga tushirdi.
Dastlab joylarda milliy madaniyatni qayta tiklash, xalq turmishini yaxshilash muammolariga diqqatni jalb etishga uringan rahbar xodimlar va ijodiy ziyoliylar yo'q qilingan edi. Aynan shu munosabat bilan respublikamizning Turor Risqulov, Abdulla Rahimboyev, Nazir To'raqulov, Inog'omjon Xidiraliyev, Qayg'isiz Ataboyev, Sultonbek Xo'janov singari mashhur arboblar millatchilikda ayblandilar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muqobil yo'llarini amalga oshirishga uringan kishilarga  guruhbozlikka  qarshi kurash shiori ostida ayblar qo'yildi. Keyinchalik «inog'omovchilik», «18lar guruhi»,  «qosimovchilar» deb nom olgan ishlar xuddi  o'sha paytlarida to'qilgan edi.
1929 yil oxirlarida atoqli ma'rifatchi Munavvar Kori Abdurashshidxonov boshchiligidagi «milliy istiqlol» tashkilotining a'zolari qamoqqa olindi. Kamalgan 85 nafar a'zolardan 15 tasi otib tashlandi, qolganlari esa tuzatish-mehnat lagerlariga jo'natildi. Yirik jamoat arboblaridan Mannon Abdullayev (Ramz), Nosir Saidov, Mahmud Xodiyev (Botu), Xosil Vasilov, Sobir Qodirovlar o'lim jazosiga xukm etildilar, keyinchalik bu xukum uzoq muddatli qamoq jazosi bilan almashtirildi.
1930 yili Davlat banki apparatida tozalash o'tkazilib, bir qancha  rahbar xodimlar qamoqqa olindi. Respublika Oliy sudining sobiq raisi Sa'dulla Qosimovning ishi bilan bog'liq «qosimovchilik» degan, ishlar to'qib chiqarildi. Sud ishlarining hammasi asosan ilg'or siyosiy arboblarni yo'q qilishga qaratilgan edi. Bularning hammasida Stalinning xo'jalik muommalarini ma'muriy choralar bilan yechishga moyilligi va cheksizxokimlik qilishga intilish mudxish rolni o'ynadi. 20-yillar oxirlarida  boshqa respublikalarda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham xususiy kapitalni va nepmanlar, boylar xo'jaliklarining qoldiqlarini juda qisqa muddat ichida tugatish yo'li qo'llab quvvatlandi. Mana shu nepmanlar, boylarning hammasi sotsialistik qurilishning eng ashaddiy dushmanlari deb e'lon  qilindi.
1930 yil fevralidan boshlab O'zbekistonda quloq xo'jaliklarni tugatish kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniya, xuddi boshqa respublikalardagidek, qonunlar va inson huquqlarini qo'pol ravishda buzish hollari bilan birgalikda davom etib bordi. Birgina Mirzachultumani (Toshkent okrugi) da 75 ta xo'jalik quloq qishloq sifatida tugatildi. Ko'pgina rayonlarda quloq xo'jaliklarigina emas, balki o'rta hol va hatto kambag'al xo'jaliklar ham musodara  qilindi. Natijada O'zbekistonda birgina 1930 yili 2648 ta quloq va boylar xo'jaliklari deb atalgan xo'jaliklar tugatildi. 1930-1933 yillari tugatilgan xo'jaliklar soni 5,5 mingtaga yetdi, ularning ko'pchiligi ittifoqning boshqa rayonlariga, asosan Ukraina va Sibirga ko'chirilib yuborildi. Ko'chirilganlarning ko'pchiligi nobud bo'lib ketdi.
Sobiq ittifoqda qatag'onlikning keng miqyosida boshlanishi VKP(b) XVII se'zdi (1934 yil) va unda ko'rilgan tashkiliy masalalar bilan bog'liqdir. S'ezd yakunida partiya markaziy qo'mitasiga kotiblar saylovi o'tkazildi. Nomzodlar orasidan S.M.Kirov ko'p ovozni egalladi. Stalin ustalik bilan bosh kotib (sarkotib) saylovini o'tkazdirmadi. Chunki S.M.Kirov sarkotiblik lavozimini egallashi mumkin edi. Shu sababli Stalin to umrining oxirigacha hukumat raisi va partiya markaziy qo'mitasi kotibi (sarkotib deb atalmasa ham u partiyaning bosh rahbari sifatida faoliyatini davom ettirdi) lavozimlarida turdi.
Partiya XVII s'ezdidan keyin ko'p o'tmasdan S.M.Kirov o'ldirildi. Bu voqea partiya va mamlakatda keng qamrovli qatag'onlikni boshlab berdi. Bu harakatlar nomiga Kirov dushmanlariga  qarshi kurash niqobida bo'lsada, aslida s'ezdda Kirovga ko'p ovoz berib, Stalinga uncha ishonmagan kommunistlardan o'ch olishdan iborat edi.
Partiya XVII s'ezdida qatnashgan 1956 delegatdan 1108 tasi, s'ezd saylagan 139 ta markazkum a'zolari va a'zolikga nomzodlardan 98 tasi, ya'ni 70 foizi qatag'on qilindi.
Stalin s'ezddagi saylovlardan saboq chiqarib, o'zidan har tomonlama kuchli, ongli faollarni yo'q qilishga kirishdi. Sobiq ittifoqdagi qatog'onlik 1937-1938-yillarda o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Partiya  va davlat rahbarlaridan Zinovev, Kamenev, Buxorin, Rikov, Pyatakov, Tomskiy kabilar ustidan sun'iy  ayblar to'qildi. Mamlakatda «Zinovevchi», «Kamenevchi», «Buharinchi», «Pyatakovchi», «Tomskiychi»lar qidirildi. Bir necha minglab kishilar ana shu yorliqlar bilan qatl ettirildi va lagerlarga jo'nattirildi.
O'zbekistonda yangi qatag'onlik partiya va Davlat oldida katta -katta xizmatlar qilgan atoqli arboblarni qamoqqa olishdan boshlandi. Siyosiy boshqarma organlari (OGPU) F.Xo'jayev1, A.Ikromov, D.Manjara, S. Segizboyev, A.Karimova va boshqalar xususida sovetlarga qarshi qo'poruvchilik ishlarini to'qib chiqardilar. Bular nazariy baxs va munozaralarda o'z pozitsiyalarini mahkam turib himoya  qiladigan hurmatli va e'tiborli xalq yetakchilari edi. Ular shaxsga sig'inishning yakka partiya zo'ravonligi ildiz otib ketishining xavfli ekanligini ochiq ravshan tushinar edilar. Ular joylarda katta xukm o'tkaza oladigan bo'lishlariga qaramay qatag'onlarning zo'rayib borishini to'xtatib qolmadilar. O'zbekistonda keng ko'lamli agentura kuzatuvlari va ommaviy ravishda qamoqqa olish ishlari tashkil etildi. 1937 yilning avgust sentyabr oylarida bir necha ming kishilar respublika ichki ishlar  xalq komissarligi (NKVD)ning ichki qamoqxonalariga tushib koldi. Ularning orasida O'Z kompartiya markaziy komitasi kotiblari S.Boltayev, I.Xudayqulov, A.TSexev, markazko'm bo'lim  boshliqlari M.Shermuhammedov, M.Usmanov, K.Berchin, O'ZLKSM markazkumi kotiblari I.Ortikov, T.Riskulov, F.Tarasov, Respublika xalq komissarlari A.Islamov, M.Tursunxo'jayev,  viloyat partiya qo'mitasi kotiblari D.Rizayev, K.Boltayev, N.Isroilov, Yu.Irismetov va  boshqalar bor edi. 1938 yil  bahoriga kelib viloyatlar, shaxarlar, partiya qo'mitalari kotiblarining 60% dan ko'prog'i, shu yilning ikkinchi yarmida esa viloyatlar, shaharlar, rayonlar partiya qo'mitalarining 114 nafar kotiblar qatag'on  qilindi.
1934 yildan 1938 yilgacha boshqa respublikalar kabi O'zbekistonda 40 mingdan ziyod kishi jazog'a tortilgan edi. Shulardan 730 tasi xalq dushmani degan tuxmat bilan otib tashlandi.1
O'zbekiston jamiyati hamma  tabaqalarga keng yoyilgan xibsga olish to'lqini ostida qoldi.
O'zbekiston NKVDsining ichki turmasi va boshqa joylardagi qamoqxonalarda maxbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga maxkum etilar edi. Eng kuchli va mardonavor kishilar ham axvoli ilojsizligi ko'rib va  o'z  yaqinlarining  taqdirlaridan xavotir olib qilmagan jinoyatlarini tan olishga majbur bo'lar edilar.
Maxbuslarning ko'plari o'z-o'zini o'ldirishni birdan bir chora deb bilardilar. 30-yillarning oxirida O'zbekiston hammaning ko'ngliga tushgan daxshat, xoinlik, zo'rlik va bedodlik sharoitiga tushib qoldi.
(Xalqimizning guli bo'lgan ziyolilarimizning, yetakchilarimizning qatag'on  qilinishida o'z yurtdoshlarimizning ayrim vakillarini qo'rquvdan xoinlik, sotqinlik qilganliklaridan, amal kursilariga o'tirish maqsadida bir birlarini sotganlaridan,  o'sha davr  qatag'onlik mafkurasi ta'sirida ko'zlari ko'r bo'lib qolgan ayrim millatdoshlarimizning qabih ishlaridan ham ko'z yummasligimiz kerak).
Shu tariqa insoniylik va demokratiya printsiplarini toptab, oyoq osti qiladigan, har qanday o'zgacha fikr yuritishni kuch bilan bo'g'adigan, ommaviy o'zboshimchalik va zo'rlik o'tkazib, Vatanga sodiq necha o'n minglab kishilarni qirib tashlagan totolitar targ'ibot  qaror topib bordi.
"Sotsializm qurilishi" deb atalgan yillarda yangi jamiyat kishisining to'la qonli obrazini yaratish bobida xormay tolmay kurash olib borgan o'zbek ziyolilarining katta bir guruhi hech qanday asossiz sabablar, uydirma tuxmatlar va bo'xtonlar orqasida shubha ostiga olinib, umumiy ta'qib va quvg'inga giriftor bo'ldilar. Ajoyib fan zaxmatkashlari, qobiliyatli ijod soxiblari, madaniyat jonko'yarlari stalincha qatag'onlikning aybsiz aybdorlari, begunoh qurbonlari bo'ldilarki, buni xech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Bunday mislsiz ayanchli qismatga, jismoniy yo'q qilinishga maxkum etilgan siymolar orasida A. Qodiriy, A.Fitrat, A.Cho'lpon, K. Aliyev, Sh.Sulaymon, U.Nosir,2 O.Xoshim, M.Sufizoda, A.Yokubov, Miyon Bo'zrik, Solihov singari o'zbek  xalqining ma'naviy mulkiga bebaho hissa qo'shgan o'nlab uning ajoyib o'g'lonlari borligi bizni  chuqur qayg'u va iztirobga soladi.
O'z xalqining kuylagani, uning davri, tashvishi, xasrati va muammolarini o'ylagani uchun bu o'ta is'tedod soxiblarining yo'q qilinganligi, ularning yorqin ijodi so'ndirilgani-totalitar tuzum xunrezligi va beboshligining qonuniy natijasidir.

Totalitar tuzum, shaxsga sig'inish va stalincha qatag'onlik siyosati  O'zbekiston xalq ta'limi rivojiga ham salbiy ta'sir etdi. Ta'lim tarbiya o'ta siyosatlashtirildi. Milliy madaniy me'rosni o'rganish, milliy tarbiya usullaridan foydalanish taqiqlandi. Maktabda "bolshevikcha tarbiyalarni" o'rnatish uchun olib borilgan kurash yosh avlod tarbiyasiga putur yetkazdi, natijada bolalarga kattalarning  hohish irodasini va talablarini itoatgo'ylik bilan bajaruvchilar deb qaraladigan bo'ldi. Bo'layotgan ishlardan xalqni chalg'itish, xalqda "dohiy" ga  muhabbatni yanada oshirish uchun g'alaba raportlari,  o'lkan yutuqklar, buyuk natijalar kerak edi. Bu g'alabalar "dohiy" obrazining yanada  yaqinroq bo'lishi uchun nima  qilib bo'lsa ham qo'lga kiritilishi lozim edi. Biron natijaga erishilmasa, buning uchun javob berish kerak edi. Shu sababli Stalin mamlakatning istalgan joyida  hohlagan kishini qatag'on  qilish uchun nazariy asos bo'la oladigan fikrlarni bashorat qila olar edi. "Pravda vostoka" gazetasining 1940 yil 30 iyun sonida e'lon  qilingan "xalq ma'orifining yuksak marralari sari" nomli  maqolada: "Partiya va shaxsan o'rtoq Stalin kun sayin bolalarga, maktabga  bo'lgan  haqiqiy  muhabbat va g'amxo'rlik namunalarini  ko'rsatmoqdalar. Stalinning qo'lida pioner qizcha bilan tushgan tasviri bizda partiyaning sovet bolalariga bo'lgan mehr    muhabbati timsoli bo'lib qoldi"-deb yozilgan edi. Va holanki 1939-1940 yillarda "dohiy sevgan" bolalarning 4.7% maktablarga jalb etilmagan, 6.1% maktablardan ketib qolgan, jami 100 mingdan ziyod bolalar maktablarga qatnamay qo'ygan edilar.1
30-yillarda ko'pgina halol o'qituvchilar ham "xalq dushmani" deb e'lon  qilindi. Ularning farzandlari esa, bunday "yorliqni" olgan  boshqa kishilar farzandlari singari komsomol a'zoligidan o'chirilib, maktablardan xaydaldilar.
Qatag'on yillarida favqulodda qonunlar qabul qilindi. 12 yoshdan boshlab o'lim jazosini qo'llash mumkin bo'lib qoldi. O'smirlarning kattalar bilan birgalikda qatl etilgan hollari ham sodir bo'ldi.
Qatag'onliklar oqibatida o'qituvchi kadrlar soni kamayib ketdi. Xalq ta'limi tuzimi rahbarlari, pedagog olimlar hibsga olinib, "xalq dushmani" sifatida yo'q qilindi: (xalq ta'limida qatog'onlikni  kengroq, tushuntirishni istagan o'qituvchilar uchun professor I.Tursunovning "Istiqlolga intilgan qalblar nidosi" (T., 1993 i) kitobini tavsiya etamiz.)

Mehnatkashlarni chalg'itish uchun matbuotda "xalq dushmanlari" ni "fosh etadigan" maqolalar muntazam e'lon qilinib borildi. Shu  maqolalardan ayrimlarini matnda keltirib o'tishni lozim topdik:
"Dushmanlar  O'zbekiston Maorif  xalq komissarligini bexudaga qo'ldan bermay kelgan emaslar. Turli davrlarda Maorif xalq komissarligiga boshchilik qilgan Usmonov, Karimov, Rizayev, Ramziy kabi sobiq xalq komissarlarining hammasi xalqning ashaddiy dushmani bo'lib chiqdilar. Ko'pgina shahar va rayon Maorif bulimlarining apparatlari hamda maktablar mana shunday to'dalar bilan ifloslangan ekan xalq dushmanlari juda katta zarar keltirdilar. Ularning zarar ko'randachilik xatti harakatlari oqibatida maktab yoshiga yetgan bolalarni umumiy majburiy  o'qishga jalb etish ishi xanuz  to'la amalga oshirilayapti. Xalq dushmanlari o'zbek bolalarining to'liqsiz O'rta va O'rta maktablarni tug'allashlariga to'sqinlik qildilar. Mana shuning uchun 8 -10-sinflarda o'qiyotganlarning 11% gina mahalliy millat vakillaridir O'zbekiston maktablariga o'qituvchi kadrlar tayerlash ishiga zarar ko'randalarcha munosabat  oqibatida 2176   o'qituvchi yetishmayotir... "Pravda vostoka" gazetasi, 1938 i 6 yanvar )
"Xalq komissari Sorokin kanoti ostidagi millatchilar o'zbek o'quvchilarini o'zbek tilini darsliklardan o'rganish imkoniyatidan mahrum qildilar. Xalq komissari esa kotibalardan tashkil topgan o'tib  bo'lmas to'siq orqasiga, kabinetiga o'tirib olib, tashqarida nima bo'layotganidan bexabar". Bu davrda matbuotda bunday ayblarning yozilishining o'zi insonni sud va tergovsiz otib tashlash uchun kifoya edi.
Yuqorida nomi zikr etilgan K.Sorokin 1936 yil iyul oyida respublika xalq ma'orifi komissari qilib tayinlangan edi. U 15 oygina xalq komissari bo'lib ishladi. 1937 yilning 29 sentyabrida uni xibsga olishdi. So'ngra uning rafiqasiga ham xibsga olish to'g'risidagi orderni  ko'rsatishdi. Biroq uni (Gulsum Abduraxmanova) o'sha vaqtda homilador ekanligi qutqarib qoldi. Uni qamoqdan chiqarib, yashab turgan uyini tezda bo'shatib qo'yishni talab qilishdi. U ikki yosh go'dagi bilan qaynonasining kichik bir uyiga ko'chib o'tdi.
U Stalinga, Voroshilovga, Beriyaga maktublar yozdi. Lekin "Eringiz xat yozishish  huquqlaridan  mahrum etilgan  holda 10 yilga xukum  qilingan degan mazmundagi javoblar Beriya imzosi bilan kelardi. Keyinchalik qamoq muddati xatlar bo'yicha ikki baravar ko'paytirildi. Eri xibsga olingandan uch oy keyin otib tashlanganligidan bexabar Gulsim opa har oyda erining turmada kun kechirishi uchun NKVD kassasiga oltmish sumdan pul to'lab turdi. U bu yillar hatto, "dohiy" tezda adolatni tiklaydi, deb kutdi. Xatto, o'zining 1938 yil yanvarda tug'ilgan qiziga Stalinning qizi sharafiga Svetlana deb nom ham qo'ygan edi.
("Pravda Vostoka" gazetasi, 1937 yil, 15 sentyabr.)

Stalincha mustabid hokimiyati dastidan milliy jumhuriyatlar mustaqilligi, suverenligi barbod etilibgina kolmay, shu bilan birgalikda ularning fuqarolari ichki e'tikodi, asrlar osha davom etib kelgan milliy qadriyatlari, urf-odatlari , rasm-rusmlari, diniy e'tikodlari ham toptaldi.
Dinni, ruhoniylar va dindorlarni ta'qib qilish xalqning ma'naviy madaniyatiga nihoyat darajada zarar yetkazdi. Ma'muriy islohot tartiboti o'rnatilishi bilan dinga ilmiy, milliy  nuqtai nazardan yondoshish inkor etila boshladi. "Sotsializmda dinga o'rin yo'q, unga din begona" degan qoida ustun bo'lib koldi. Na masjidlar, na cherkovlar, na dindorlar shu  qadar mikyosdagi ta'qiblarni hech kachon boshidan kechirmagan edilar.
Respublika  ruhoniylarining asosiy  qismi 30-yillarda kontsentratsion lagerlarga junatildi. Masjidlar bekitib qo'yildi. Ularning aksariyati otxonalar, omborxonalarga aylantirildi.
Bu qilingan ishlar, shubhasiz, millionlab kishilarning shaxsiyatiga, milliy g'ururi, his-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatmay kolmadi. Xatto shunday holatlarga ham duch kelindiki, jumhuriyatimizdagi ko'plab xonadonlarda vaqti- vaqti bilan o'tkazib turiladigan tintuv paytida arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo'lsa, uning nomi, mazmunini surishtirib ham o'tirmasdan, o'sha xonadon soxibiga jamiyatga yot unsur shaxs degan la'nat tamg'asi bosilib, uni qamoq yoki surgun jazosiga maxkum etilardi.
Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Beguvul qishlog'ida ilmli, yaxshi fazilatlari bilan elda hurmat kozongan, ayollarni o'qitib, savodli qilgan mu'tabar onaxon Bibijon Ismoilovani 80 yoshida diniy kitob  o'qishda ayblab, kamoqqa olishgan va momo qamoqda  og'ir ahvolda vafot etgan. Xolbuki, uyiga o'sha quzg'unlar bostirib kirgan kechada Bibijon momo o'zining hamisha o'kib yuradigan sevimli "ahloqul-muxsinin" (yaxshi  hulqlar) kitobini o'qib o'tirar va bu asar go'zal insoniy fazilatlar ta'rifidan hikoya qilar ekan. U davrlarda nohaq ayblanib mushtipar momo singari fojeali  qismatga duchor  bo'lganlar ko'plab uchrardi. Bunday hollardan sarosimaga tushgan odamlar avvalgidek kitobxonlik nari tursin, hatto eski kitoblarni qo'lga olishdan uni uyda asrashdan ham xadiksiraydigan bo'lib qolgandilar. (Karalsin: M.Sodikov. Erksevar, hurriyatparvar el vorislarimiz, t., "Kamalak", 1992, 38-bet).

Bu xildagi bedodliklar, battolliklar orqasida xalqimizning Qadim Qadimdan, avlodlar osha avaylab, saqlanib, asralib kelingan ko'plab nodir ma'naviy qadriyatlari, milliy udumlari, urf odatlari zavol topdi, yemirildi, odamlarning esa muteligi, ma'naviy, ruhiy majruxligi ko'chayib bordi.
Biroq shuni alohida ta'kidlash joizki, Stalincha mudxish yillarda ham o'z iymon e'tikodini sotmagan, o'z fikridan kaytmagan, o'z g'oyasiga sodiq bo'lgan yurtdoshlarimiz ko'p edi. Ularning tirik qolganlari mustaqilligimizga erishishimizga o'z hissalarini  qo'shdilar va qo'shmoqdalar.

Fashizmga qarshi urush tamom  bo'lgandan keyin oradan ko'p o'tmay barcha republikalar singari O'zbekiston bo'ylab yana bir yalpi terror to'lqini bo'lib o'tdi. 30-yillardagi Qatag'onlar asosan partiya, sovet, xo'jalik va  harbiy kadrlarga bo'lgan bo'lsada 40-50-yillardagi Qatag'onlar esa asosan madaniyat va ilm fan arboblariga taalluqli bo'ldi.
Sobiq ittifoqdagi hukmron partiya markazqumi urush yillarida fashizm asoratini, nemislar bosib olgan yerlarda odamlar ongiga fashizim mafkurasining ta'siri bo'lganligini va buning oqibatida matbuot, san'at va adabiyotda-g'oyasizlik siyosatdan yiroq turish, hayotiy haqiqatni buzib  ko'rsatish, realistik traditsiyadan chetlashish, umidsizlik, kelajakka ishonchsizlik paydo  bo'lganligini ro'kach qilib, 1946 yilning avgustida "Zvezda" va "Leningrad" jurnallari haqidagi, 1948 yilda "ulug' do'stlik" operasi haqidagi nohaq qarorlar qabul qildi. Ularda sovet adabiyoti va san'atining bir  qancha talantli xodimlarining ijodiga nohaq va asossiz ayblar  qo'yildi. Partiyaning adabiyot va san'at masalalariga oid  qarorlarini amalga oshirish vaqtida matbuotda va ijodiy tashkilotlarda ba'zan xatolarga va buzish hollariga yo'l qo'yildi badiiy problemalarni ijodiy muhokama  qilish ba'zan ma'muriyatchilik bilan almashtirildi, adabiyot, musiqa va kino asarlariga baho berishda ayrim hollarda ba'zi asarlar asossiz tankid qilinsa, ba'zilari asossiz maqtaldi.
Bu qarorlar (bular o'sha davrdagi bosh ideolok A.A.Jdanovning tashabbusi va ko'rsatmasi bilan qabul  qilingan edi)ning bajarilishi butun mafkurani, shu jumladan ijodiyotni, adabiyot va san'atdagi demokratik  taraqqiyotni ko'p yillar davomida bo'g'ib qo'ydi. Karorlarning salbiy ta'siridan  O'zbekiston va uning partiya tashkiloti ham chetda kolmadi. 40-yillarning oxiri, 50-yillarning boshlaridagi O'zKompartiya Markazqo'mining barcha byuro yig'ilishlarida, 1952 yilda bo'lib o'tgan Markazkum X Plenumida millatchilikka qarshi niqob ostida o'zbek xalqining madaniy merosiga, badiiy va ilmiy ziyoliylarga qarshi kurash boshlandi. Respublikaning ko'pgina yozuvchilari, olimlari, partiya va davlat arboblari millatchilikda ayblandilar. "Ayrim o'zbek yozuvchilarining ijodida, -deb ko'rsatilgan edi. O'ZKP b MQning 1949 yil 25 iyundagi buyruq qarorida-millatchilik, milliy chegaralanish, feodal o'tmishni ko'klarga ko'tarish va eski feodal madaniyat oldida qullarcha ta'zim  qilish  hollari sezilib turadi". Qarorlarda A.Qahhor, G'.G'ulom, A.Kayumov, M.Shayxzoda, Oybek, Mirtemir, Uyg'un, M.Boboyev, U.Rashidov, Shukurullo, S.Ahmadlarning ijodi qattiq tanqid ostiga olindi. Ayniqsa o'z sahifalarida o'quvchilarni tartibsizlikka undovchi maqola va badiy asarlar berib borganligida, kosmopolitizmda (siyosatdan yiroqlashishda) ayblangan Oybek rahbarligida chiqib turgan "Sharq yulduzi" jurnali keskin tanqid ostiga olingan edi.
1951 yilning 8 aprelidagi O'ZKP b MQ byurosida "O'zbekiston SSRda musiqa sa'natining axvoli va uni yanada rivojlantirish choralari to'g'risida" qabul qilingan qarorda musiqa san'ati hayotdan yiroqlashishda, o'zbek xalqini yangi jamiyat qurish ruhida tarbiyalashga xizmat qilmayotganlikda ayblandi. Klassik va milliy musiqalar, makomlar, "Farxod va Shirin", "Layli va Majnun", " Tohir va Zuxra", "Alpomish" kabi asarlarni targ'ibot qilish  taqiqlandi. Qo'shtirnoq ichida Millatchilarga kosmopolitlarga, panturkchilarga  qarshi matbuotda keng kompaniya boshlandi. 1951 yilning 10 avgustida respublika matbuotida Turob To'la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, A.Bobojonov, S.Abdullayev, Xabibiylar ijodini keskin  qoralagan "Ayrim shoirlar ijodida mafkuraviy buzilishlar" nomli  maqola bosilib chiqdi. 1951 yilning 24 avgustida  e'lon  qilingan maqolada  Oybek, X.Zaripov, X.Yoqubov, I.Sulton kabi ilmiy xodimlar "mafko'raviy xato va buzilishda" ayblandilar.
M.Shayxzoda, Shukurullo, Yusupov, G'ulom Alimov va yana bir  qancha shoir,  yozuvchilar 1951 yilda  "sovet tuzimiga qarshi  millatchilikda" ayblanib qamoqqa olindilar va 1952 yilda 25 yillik kamoq jazosiga xukum  qilindilar.
Respublikada 50-yillar  Qatag'onligini boshlab berishda hukmron  partiya markazkumi  qarorlarini  O'zbekiston  hayotida tadbiq etishda   O'zKompartiya markazkumining 1952 yil 21-22 fevralida  bo'lib o'tgan X plenumi va uning qabul  qilgan  qarorlari katta rol  o'ynadi. Plenumda tinglangan va muxokama etilgan birinchi kotib A.Niyozovning "Respublikada ideologiya ishlarining axvoli va uni yaxshilash choralari haqida" gi dokladida shunday deb ta'kidlangan edi: "Keyingi ikki yilda respublikada adabiyot xodimlari orasidan sovet tuzimiga  qarshi, millatchilik kayfiyatida  bo'lgan  guruh ochib tashlandi. Bu  guruh Sovet davlatiga  qarshi dushmanlik ishini olib bordi. Bu  guruh a'zolari oldin ayblangan millatchilar bilan yaqin aloqada  bo'lganlar, ular mafkuraviy buzuq mazmundagi she'rlar yozib, millatchilarning Sovet tuzumiga qarshi  asarlarini ideallashtirib, ommaga tarqatganlar".1
Plenumda jamiyatshunos-olimlarga ham nohaq ayblar qo'yildi. Jumladan faylasuf V.Zohidov "burjua millatchisi", tarixchi A.Boboxo'jayev "panturkizmni targ'ib etuvchi", iqtisodiyotchi A.Aminov esa "burjua millatchilari bilan aloqa kiluvchi"lar sifatida ayiblandilar.
50-yillarning boshlarida yana 60 tacha eng ko'zga ko'ringan qobiliyatli olimlar va yozuvchilar, san'at arboblarining ro'yxati tuzilib, ularni ham millatchi, asl inqilobchi va haqozo yerliklar ostida jinoiy jaz og'a tortishga urindilar. Bu ofatlardan qutilish juda qimmatga tushdi. Lekin adolat, garchi tezda bo'lmasada, harqalay tiklangan edi. O'zbekiston ilm-fani, madaniyatining asosiz  Qatag'on qilingan ko'pgina arboblari 1956 yilda batamom oqlandilar. 1940 yillarning oxirlarida surgunga yuborilganlarning hammasi ozod qilindi. Yo'qotish ro'yxatiga qo'shilgan, xalqimizning faxri bo'lgan 60 ta ziyolilarimiz ustidan tayyorlangan hukm bekor  qilindi. Zulmlarga qarshi adolat o'rnatilgan bo'lsada. Stalinizm vujudga keltirgan tatalitar tuzum bedodligi va beshafqatligi xalqimizning orzu umidlarini chil-parchin qildi, suveren huquqlari-milliy mustaqilligini zavol toptirdi. O'zbekiston oyoq qo'li kishanlanib, markaz deb atalmish zo'ravon hokimiyat iskanjasiga tushib qoldi. Uning til zaboni kesildi, alifbesi o'zgartirildi, o'tmishi, tarixi ko'zdan yiroqlashtirildi.
Stalin shaxsiga sig'inish tufayli ruy bergan  Qatag'onlik siyosati sobiq mamlakat miqyosida 50 milliondan ortiq kishini o'z domiga tordi.
"Moskovskiye novosti" gazetasining 1988 yil 27 noyabr sonidagi Roy Medvedevning "Skolko jertv v godu kulta lichnosti Stalina?" nomli  maqolasida  Qatag'on  qilinganlar soni yillargacha taqsimlanib quyidagicha berilgan:

1927-1928 yil- 10 minglab "Trotskiychilar"
1930-1933 yil- 10 milliondan ortiq "Quloqlar"
1933 yil 8 oyida  bo'lib    o'tgan ochlik natijasida-6 million kishi
1937 yilgacha- 17-18 million kishi
1937-1938 yil- (Buyuk terorlar yillari)- 7 million kishi
1938-1940 yil- Polyak oilalari, Boltiq bo'yi  aholisidan- 2 million atrofida
1942-1944 yil 3 milliondan ortiq  kishi - chechen, qrim-tatar, grek, turk, kurd va  hakozo  xalqlar ko'chirildi. Ularning 1 milliondan ortig'i  ko'chish jarayonida kiyinchiliklar natijasida vafot etdilar.
1945-1946 yil- 5 million atrofida
1947-1953 yil- "Leningrad ishi", "Vrachlar ishi" va "Kosmopolitlar ishi" bo'yicha 58 modda bo'yicha ("Sotsializmga  qarshi propaganda" aybi bilan)- 1 milliondan  ortiq kishi.

Urush davrida sobiq ittifoq xalqining 30 millionga yaqini kirilib ketdi. Urushsiz, nohaq ayblar bilan 50 million kishini asossiz Qatag'on qilinishi tatalitar tuzumni, uning rahbari bo'lgan Stalinni umuman oqlash mumkin emasligini isbotlab turibdi.
Buning ustiga sobiq ittifoq tarixchi olimlari o'rtasida bo'lib o'tgan voqealarga, jarayonlarga Stalinni to'liq aloqasi yo'qdir, ko'p qatlomlar uning xabarisiz  bo'lgandir, ko'p hukmlar usiz bo'lganku" degan fikrlar uzoq davom etdi.
Arxiv hujjatlari totalitar tuzumni qaror topishida, qatag'onlik siyosatining butun mamlakat bo'ylab yoyilishiga uning  har bir hukmida shaxsan Stalinning ishtiroki va raxnomoligi borligini tasdiqlaydi.
1934 yil 1 dekabrda Stalinning ko'rsatmasi bilan Markaziy Ijroya qo'mitasi kotibi Yenukidze imzo qo'ygan, "qo'lga olinganlarning ishi tezlatilsin ular kechirilmasin, xukmlar tezda amalga oshirilsin" degan mazmunda derektiv hujjat e'lon  qilingan edi.
1937-1938 yillarda minglab sovet, partiya, komsomol va xo'jalik xodimlari va harbiylar ism-shariflari keltirilgan, tayyorlangan va hukm e'lon qilingan 383 ta ro'yxat Stalin tasdigiga berildi. U xech ikkilanmasdan bu ro'yxat va  hukmlarni tasdiqladi.
1937 yilda VKP markazkomi nomidan ichki ishlar xalq komissarligi organlariga qamalganlarga nisbatan jismoniy usullar qo'llash to'g'risida ko'rsatma ham berildi. RF  sobiq firqa hujjat asrovi manbalaridan.
1939 yil 20 yanvarida Stalin markazkom tomonidan Respublikalar partiya markazqumlariga, viloyat, o'lka partiya ko'mitalariga, ichki ishlar xalq komissarlari va ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga telegramma yuborib, kulag* olinganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish usullaridan foydalanish, bu usulni doimiy qo'llashni talab qildi. Jumladan unda shunday deyilgan edi: "VKP markazqumi shuni bildiradiki jismoniy kuch ishlatish usulini qo'llash 1937 yildan buyon NKVD ish tajribasida qo'llanilmoqda va unga VKP markazqumi ruxsat etgan. Nima uchun sotsialistik davlat xavfsizligi organlari burjuaziya quturgan agentlargacha ishchilar sinfi va kolxozchilarning ashaddiy dushmanlariga nisbatan insonparvar bo'lishi kerak? VKP markazqumi bundan buyon ham  xalq dushmanlariga qarshi jismoniy kuch ishlatish usulidan foydalanishni tavsiya etadi va uni eng to'g'ri va  maqsadga muvofiq usul deb hisoblaydi".
Shaxsga sig'inish yillarida shaxsan Stalinning ko'rsatmasi asosida jazolar  qattiqlashtirildi va jinoiy sud ishida shaxs huquqi garantiyasi  yo'q  qilindi. Bu o'z navbatida o'zboshimchalik va qonunsizlikka yo'l ochib berdi. 1934 yil 10 iyulda sobiq ittifoq partiya markazkomining "Alohida kengashlar tashkil etish to'g'risida"gi qarori e'lon qilindi. Bu qaror asosida OGPU, NKVD xodimlaridan iborat "uchlik", "ikkilik" kengashlari tuzildiki, ular sudsiz  hohlagan kishini chiqarib,  yo'q  qilish imkoniyatiga ega edi.
Ko'rinib turibdi-ki, yuqorida zikr etilgan hujjatlarning hammasi 20-yillardan to "dohiy" vafotigacha bo'lib o'tgan barcha xunrezliklar shaxsan Stalin qo'l ostida amalga oshirilganligini tasdiqlab turibdi. O'sha davr mamlakat bosh prokurori Vishinskiy, NKVD, OGPU, ichki ishlar komissarligi  rahbarlari Yagoda, Yejov va Beriyalar esa Stalin yaratgan qatl apparatini yurgizishga butun kuchi bilan yordam berdilar. Ular "doxiy"ning maqsadlarini amalga oshirishda "sodiq qul" sifatida xizmat qildilar.
Sobiq hukmron firqa va sho'ro hukumatining qatog'onlik siyosati 80-yillarda yana o'z apparatini yurgiza boshladi. Biroq, endi bu  siyosat markaz tanlagan ayrim Respublikalarda amalga oshirila boshlandi.
Shuni takidlash joizki, sobiq ittifoq avval boshdanoq soxta, ko'rama edi. Unga respublikalar majburan birlashgan edilar. Shuning uchun ham ular o'z xalqi, milliy davlatchiligi qadriyatlari, hohish-irodasi inobatga olinmagan bu ittifoqdan butunlay norozi edilar. Ammo undan chiqishning iloji yo'q edi. Garchi sobiq ittifoq Konstitutsiyasida bunday  qoida mavjud bo'lsada, kuchli markaz, armiya, davlat xavfsizligi qo'mitasi kabi asosiy kuchlar bu  ittifoqning tayanch nuqtalari edi.
Sho'rolar tuzumining qariyib 70-yillik hukmronlik davrida to'planib qolgan muommalar 80-yillar o'rtalariga kelib yuzaga chiqa boshladi. Endi kuch bilan ittifoqni  saqlab qolish mumkin bo'lmay qolgandi. M.S.Gorbachev sobiq ittifoq hukmron partiyasi rahbari bo'lgach yangi hokimiyat sho'ro jamiyati to'qnash kelgan qiyinchiliklar va to'planib qolgan muammolarni hal qilmasdan turib mavjud davlat va tizimni saqlab qolish mumkin emasligini anglab yetdi. Natijada jamiyatni yangilash, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy xayotda jiddiy o'zgarishlar qilish yo'llari izlana boshladi.
Hukmron Firqa markazqumining 1985 yil (aprel) plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sho'ro jamiyatini va yangilash zarurligi borasida ko'rsatmalar berdi. Natijada O'zbekistonga "kadrlar desanti" yuborildi. SSSR prokuraturasi xodimlari, ashaddiy shovinistlar Gdlyan va Ivanovlar  rahbarligidagi tergovchilar guruhi  O'zbekistonga kelib "eng shimarib" ishga kirishdilar. Gdlyan va Ivanovlar boshchiligida markazdan yuborilgan tergovchilar markazning qo'llab quvvatlishi bilan ular "o'zbeklar ishi", "Paxta ishi", "o'zbek mafiyasi" degan soxta uyudirmalarni to'qib chiqardilar. Bundan maqsad o'zbek xalqini, O'zbekistonni  nafaqat ittifoqda, qolaversa dunyoda badnom qilish, jazolash va shu yo'l bilan boshqa ittifoqchi respublikalarni cho'chitib qo'yish edi. Afsuski,  O'zbekistonning o'sha vaqtdagi rahbarlari buni ko'ra bila turib lomlim demadilar, aksincha desantchilarga ko'maklashdilar. Buning  oqibati esa ularning o'zlari uchun ham halokatli bo'ldi.
Desantchilar o'zbek xalqini ko'z bo'yamachilikda, poraxo'rlikda, qo'shib yozishlarda, boqimandalikda va haqozolarda ayblab, firqa va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha taqib ostiga oldilar. Birgina soxta, uylab chiqilgan "Paxta ishi" natijasida 25 mingga  yaqin respublikamiz fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Bularni orasida keksalar, xomilador ayollar, nogironlar ham bor edi.
Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatish, qo'rqitish yo'li bilan ayblar qo'yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorlarda pul, o'z rahbarlari to'g'risida noto'g'ri ko'rsatmalar berish talab qilindi. Respublikada "adolatsizliklar", qo'shib yozishlar haqida markaziy gazeta-jurnallarda, radio va televideniyada muntazam xabarlar bosilib, millatimiz sha'ni badnom, sharmanda  qilindi.
Bunday holat respublikada amalga oshirilishi lozim bo'lgan iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy islohotlarga ham chuqur salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakatdagi mavjud ma'muriy islohot tizimi, "kadrlar desanti" siyosati natijasida yanada ko'chaygan "qo'rquv" iqtisodiy va ijtimoiy sohada jiddiy qayta qurilishlarga olib kelmadi. Xo'jalik hisobi yoki brigada pudratiga  o'tkazilgan bir qancha sanoat sohalari, qurilish va transport korxonalari, paxtachilik brigadalari, sovxozlar bulimlari deyarli isloh qilinmagan vazirliklar va idoralarning eskicha to'ralarcha ish olib borishlari natijasida islohotlar yo'lidan bora olmadilar. Bu hol mehnat jamoalari tashabbusi va faolligini bo'g'ib qo'ydi, fan-texnika taraqqiyotiga to'g'anoq bo'ldi. Natijada butun sobiq ittifoqda bo'lganidek, O'zbekistonda ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda tub o'zgarishlar yaratishga qaratilgan qayta qurish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Qayta qurishning ittifoqchi respublikalar maqomi va huquqni kengaytirish haqidagi rejalari ham amalga oshmadi. Respublikaning oltin, tog'-kon, gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo kabi muhim sanoat tarmoqlari xam markaz ixtiyorida qolaverdi. Shuni aytish kerakki, bu davrda ittifoq rahbariyati O'zbekistonda faqat paxtani qayta ishlashdan 75 mlrd.rubl foyda olishni bilgani holda, respublikamizni datatsiyalar va moliyaviy yordamga muxtoj, deb uni boqimandalikda ayblashda davom etdilar.
Sobiq ittifoqda va respublikada vujudga kelgan vaziyat, milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlarning toptalishi, xalqimiz orasida turli ko'rinishlarda markaz siyosatidan noroziliklarning ko'chayishiga olib keldi. Taxqirlash va kamsitishlardan bezib qolgan xalq o'z haq huquqini talab  qilishga kirishdi. Machitlarning yopilishi, diniy e'tiqodning ta'qib  qilinishi, hatto eng yaqin kishisi vafot etganda ham uni oxirgi manzilga kuzatishdan cho'chib turish, "Navro'z" bayramining soxtalashtirilib "Navbahor" deb e'lon qilinishi, o'z go'dagiga alla aytib ovitishni ham unitish, millatlararo munosabatlarning atayin keskinlashtirilishi (Farg'ona, Ush, Qo'qon, Parkent voqealari) va boshqa holatlar xalqimizning ko'zini ocha boshladi.

Lotin alifbosida maqola: Qatag'onlik siyosati haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Tarix fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты