Abaete (daryo)

Abaete (portugalcha: Rio Abaeté — Braziliya janubi-sharqidagi Minas-Jerays) shtatidagi daryo. Daryo San-Gottardo munitsipalitetining gʻarbiy qismidan boshlanadi, keyin shimolga oqib, San-Fransisko daryosiga quyiladi. Abaete daryosining mansabidagi hudud baliqlar uchun muhim urugʻlanish joyidir.

Abaete daryosining uzunligi 270 kilometr, kengligi 61 metrdan 150 metrgacha. Bu baland togʻ daryosi boʻlib, tubi toshli, gil yotqiziqlari uchraydi, koʻp sonli sharsharalari bor. Daryo Minas-Jerays shtatining toʻqqizta munitsipaliteti hududidan oqib oʻtadi:

  • San-Gotardu;
  • Riu Paranaiba;
  • Matutina;
  • Arapua;
  • Tirus;
  • Karmu du Paranaiba;
  • Patus di Minas;
  • Varjan di Minas;
  • San-Gonzalu-du-Abaete.

Olmoslar daryoda birinchi marta 1780-1785-yillarda topilgan. Braziliyada topilgan eng yirik olmoslardan baʼzilari bu yerda topilgan, ammo oʻrta va past sifatli toshlar koʻproq uchraydi. 1791-yilda bir guruh oltin izlovchilat daryoda „Abaete olmosi“ deb nomlanuvchi olmos topgan.

Granat, oltin, iridiy, yashma, osmiy va platinadan tashqari daryo shagʻalida yana 30 ta mineral mavjud. Abaete daryosida joylashgan palladiysiz platina kuchli magnit xususiyatlarga ega va temirga boy.


Lotin alifbosida maqola: Abaete (daryo) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BRAZILIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
Morandi - Serenada


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты