Abdul-Aziz bin Marzuq at-Tarifiy (arab.عبد العزيز بن مرزوق الطريفي) (1976-yil 29-noyabrda Quvaytda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni islom olimi.
At-Tarifiy hadis va fiqh ilmi bilan tanilgan salafiy olimlardan bir hisobladi. U, ayniqsa, yirik hadis toʻplamlaridagi hadislarni yod olish qobiliyati bilan mashhur.
U 2016-yil aprel oyida hibsga olingan, ammo uning hibsga olinishi sababi hali toʻliq maʼlum emas.
Abdulaziz Al-Tarifiy 1976-yil 29-noyabrda (hijriy 7/12/1396-yil) Quvaytda tugʻilgan. Bolaligida u Quvaytdan Mosul shahriga koʻchib oʻtgan.
Soʻng esa Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashdi. Umrining qolgan qismini SAudiya Arabistonida islom dini rivojiga hissa qo`shish uchun bag`ishladi.
Shayx Abdul Aziz at-Tarifiy (Abdul Aziz At-Turayfiy deb ham ataladi) 13 yoshida islomiy matnlarni yod olishni boshlagan. Al-Tarifiy universitetdagi tahsilini Ar-Riyod shahridagi Imom Muhammad bin Saud Islom universiteti qoshidagi Shariat kollejida tamomlagan.
Shayx Abdulaziz bin Marzuq at-Tarifiy Islom ishlari vazirligida tadqiqotchi, soʻngra Tadqiqot va tadqiqotlar markazida tadqiqot va tashviqot boʻlimi direktori, soʻngra shu markazda islom tadqiqotchisi boʻlgan ishlagan.
Aytilishicha, 2016-yilning 23-aprelida Saudiya politsiyasi uni zoʻravonlik haqidagi Twitterdagi psotlari uchun hibsga olgan. 2020-yil oktabr oyidagi maʼlumotlarga koʻra u hamon hibsda. Shayx Abdulaziz bin Marzuq at-Tarifiyning undan keyingi holati haqida hech bir rasmiy ma'lumotlar mavjud emas.