Ayub Xon (general)

Ayyubxon Muhammad (1907-1974) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Aligarxdagi (Hindiston) musulmonlar universitetini, soʻngra Sandxerstdagi (Angliya) Qirollik harbiy kollejini bitirgan. 1928-yildan harbiy xizmatda, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1951-yildan Pokiston armiyasi qoʻmondoni. 1954—55 yillarda Mudofaa vaziri, 1956—58 yillarda yana Pokiston armiyasi qoʻmondoni. A. 1958-yildagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. 1960-yildan Pokiston Islom Respublikasining prezidenti. Hukmron "Musulmonlar ligasi" partiyasining raisi (1963-yildan). A. 1966-yil yanvarda Toshkentda olib borilgan Pokiston bilan Hindiston oʻrtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga muhim hissa qoʻshdi (qarang Toshkent deklaratsiyasi (1966)). 1969-yil martda prezidentlik lavozimidan boʻshab, oʻz vakolatlarini armiya qoʻmondoni general Yahyoxonga topshirgan.


Lotin alifbosida maqola: Ayub Xon (general) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
POKISTON
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
AYYUBXON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты