Ayyub alayhis-salom

Ayyub alayhis-salom - Qurʻonda nomi zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Ayyub alayhis-salom ismi Qurʻonda toʻrt oʻrinda zikr etilgan:Niso surasi 163-oyat, Anʻom surasi 84-oyat, Anbiyo surasi 83-oyat. Sod surasi 41-oyat. Ayyub alayhis-salom Muso alayhis-salomdan ilgari yashab oʻtganligi rivoyat qilingan, baʻzi rivoyatlarda esa, Ibrohim paygʻambardan yuz yil ilgari yashagan deyiladi. Ayyub alayhis-salom oʻta taqvodor, kambagʻallarga mehribon, yetim va bevalarga saxovatli, mehmondoʻst inson hamda oʻzi nihoyatda badavlat va serfarzand boʻlgani rivoyat qilingan. Shunday imkoniyatlar sohibi boʻlgan Ayyub alayhis-salom biron marta ham Allohga osiy boʻladigan ish sodir etmay, ibodatni tark qilmagan, har doim shukrona aytib yurgan. Ayyub alayhis-salom katta boylik egasi boʻla turib, Allohga biron bir gunoh ish qilmaganidan shaytoni lain iztirobda edi. Chunki boshqa boylar har qadamda Allohga osiylik qilishardi. Va shaytoni lain hasad qilib Allohga xitob qiladi va: "Bu Ayyub alayhis-salom sening bergan molu davlating, farzandlaring va salomat qilib qoʻyganing uchungina senga ibodat qilib yuribdi. Men kafillik berurmanki, agarda sen uning molu dunyosini va sogʻligini ketkazib, imtihon qilsang, albatta u kufrga ketib, seni unutadi" - deydi. Shu boisdan Alloh Ayyub alayhis-salom molu-dunyosini, farzandlarini halokatga uchratib, oʻzini ham ogʻir xastalikka mubtalo qilib sinaydi. Lekin Ayyub alayhis-salom boshiga har qancha musibat yetganda ham Allohning zikrini tilidan qoʻymay, ibodatini aslo tark qilmaydi. Ayyub alayhis-salom yetgan ogʻir xastalik oqibatida u joyidan qoʻzgʻala olmaydigan holga yetganida ham uning vafodor ayoli unga qarab, uni parvarish qilib turadi. Nihoyat shuncha ogʻir sinovlarni boshidan oʻtkazgan Ayyub alayhis-salomga Alloh yana sogʻliq inʻom qiladi va unga farzandlaru koʻpgina molu dunyo ato etadi. Shu oʻrinda ulamolar bir mulohazani qayd etadilar: Ayyub alayhis-salomga yetgan xastalik borasida turli rivoyatlar kelgan, jumladan Ayyub alayhis-salomning tanasini yara bosib, qurtlar yeb, odamlar Ayyub alayhis-salomni dashtga chiqarib yuborgan emish. Tavhid ulamolari qayd etadilarki, paygʻambarlar bunday jirkanch xastalikka mubtalo qilinmaydilar. Zero, bunday holatga tushishlik paygʻambarlik maqomiga toʻgri kelmaydi. Ayyub alayhis-salom qissasida va uning boshiga tushgan musibatlaru xastalikda hamda Ayyub alayhis-salomning Allohga duo qilishi oqibatida uning shifo topib yana molu dunyo sohibi boʻlishida moʻminlarga ibrat va namuna bor. Zero, paygʻambarimiz ham: "Sinovning eng qattigʻi paygʻambarlarga, soʻngra solihlarga, soʻngra shularga oʻxshashlarga boʻlur..." mazmunida hadis aytganlar. Shundan maʻlum boʻladiki, bu dunyoda musibat yetish bilan boʻladigan sinov badbaxtlik belgasi emas. Zero, bu foniy dunyo qilingan ishga yarasha mukofot olish oʻrni emas, balkim imtihon va oxirat uchun zaxira toʻplash oʻrnidir.

Andoza:Payg'ambar


Lotin alifbosida maqola: Ayyub alayhis-salom haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты