Arslon, jodugar va javon

Arslon, jodugar va javon“ (inglizcha: „The Lion, the Witch and the Wardrobe“) (1950) — "Narniya yilnomalari" seriyasining birinchi (xronologik tartib boʻyicha ikkinchi) kitobi. Ushbu kitob Lewisning choʻqingan qizi Lucy Barfieldga bagʻishlangan. Asar 47 tilga oʻgirilgan.

Hikoya 1940-yilda, Ikkinchi jahon urushi paytida boshlanadi. Toʻrt aka-singil Peter, Susan, Edmund, va Lucy Pevensie Londondagi Blitsdan qochib qutulish uchun evakuatsiya qilinib, Angliyada oʻz dala-hovlisida yashovchi professor Digory Kirkening uyiga yuboriladilar.

Toʻrt bolakay uyni koʻrib chiqish davomida Lucy bir kiyim javonini ochib qaraydi va Narniya nomli sehrli dunyoni kashf qiladi. U yerda u Janob Tumnus ismli favnni uchratadi. Favn uni oʻz uyiga choyxoʻrlik uchun taklif etadi. U yerda favn Lucy haqida Narniyaning soxta malikasi Oq Jodugarga xabar bermoqchi boʻlganini, ammo keyinchalik fikrini oʻzgartirganini tan oladi. O‘z dunyosiga qaytganida Lucyning aka-opalari uning Narniya haqidagi hikoyasiga ishonishmaydi. Lucyning katta akasi Edmund ham kiyim javoniga kiradi va Oq Jodugarni uchratadi. Oq Jodugar unga turk shirinliklarini berib, uni jodulab qoʻyadi. U Edmundni oʻz aka-singillarini Narniyaga olib kelishga undaydi va Edmund ular ustidan hukmronlik qilishiga ishontiradi. Edmund Lucy bilan Narniyada uchrashib qolib, professorning uyigabirga qaytishadi. Ammo, u Peter va Susanni javon ortida hech qanday Narniya mavjud emas deya aldaydi.

Oxir-oqibat barcha toʻrt bolakay Narniyaga javon orqali tushib qolishadi. U yerda ular Janob Qunduz va Xonim Qunduzni uchratib, ularning uyida kechki ovqat uchun mehmon boʻlishadi. Qunduzlar: „Qachonki Odam Atoning ikki oʻgʻli va Momo Havvoning ikki qizi Kair Paraveldagi toʻrt shohsupani egallasa, shundagina jodugarning hukmronligiga chek qoʻyiladi“, — degan rivoyatni aytib berishadi. Yana, Qunduzlar Narniyaning haqiqiy qiroli — Aslan ismli buyuk sher haqida aytib, u bir necha yillar davomida olisda boʻlganini va endilikda „qaytayotganini“ aytishadi.

Edmund Oq Jodugarga qochib ketadi. Jodugarning qasri tosh haykallar, uning muzlatilgan dushmanlari bilan toʻlgan boʻladi. Qunduzlar Edmund qayerga ketganini anglab, oʻz uyini tashlab chiqadilar va bolalarni Aslan tomon boshlaydilar. Sayohat davomida ular qor eriyotganini, bu degani Oq Jodugarning sehri yoʻqolib borayotganini koʻradilar. Ota Mavludning tashrifi buni tasdiqlaydi. Ota Mavlud uch bolakay va qunduzlarga sovgʻalar ulashadi. Peter qilich va qalqon, Susan gorn va kamon, Lucy sehrli darmon suyuqlik, Xonim Qunduz tikuv mashinasiga ega boʻladi, Janob Qunduzning esa qurilayotgan toʻgʻonlari tugatib beriladi.

Bolalar va Qunduzlar Aslan va uning qoʻshinlari bilan uchrashadilar. Peter Susanga hujum qilgan boʻrini oʻldirib, birinchi jangni oʻtkazadi. Jodugar Aslan bilan suhbat qurishni istaydi va „Eng qadim zamon sehri“ga koʻra u Edmundni sotqin sifatida oʻldirishi mumkinligini aytadi. Aslan u bilan yakkama-yakka gaplashadi va uni Edmundni oʻldirishdan qaytaradi. O‘sha kecha Aslan yashirincha lagerni tark etadi, ammo Lucy va Susan uni ketidan kuzatib borishadi. Aslan oʻz hayotini Edmundning hayotiga almashtirgan boʻladi. Jodugar Aslanni Tosh Stolga bogʻlab qoʻyadi va uni pichoq bilan oʻldiradi. Yanagi tongda Aslan qayta tiriladi.

Aslan Lucy va Susanni oʻz orqasiga oʻtkazib, Jodugarning qasri tomon yoʻl oladi. U yerda u haykallarga puflab, ularni hayotga qaytaradi. Peter va Edmund Narniya qoʻshinlari bilan Oq Jodugar qoʻshinlariga qarshi jang olib borayotgan, ammo magʻlubiyatga uchrayotgan boʻladi. Aslan tirilgan sobiq haykallar bilan yordamga yetib keladi. Narniyaliklar yovuz armiyani yanchib tashlaydilar va Aslan Jodugarni oʻldiradi.

Pevensie bolakaylari Narniyaning qirol va qirolichalari etib saylanadilar: Serhasham Qirol Peter, Sahovatli Qirolicha Susan, Odil Qirol Edmund va Dovyurak Qirolicha Lucy. Bir necha yillardan soʻng voyaga yetgan aka-singillar otlarga oʻtirib, Oq Bugʻuni ovlagani ketishadi. Ular chiroq ustunini koʻrib, uning yoniga borishadi. Chiroq ustunining ketidan shoxlar qish kiyimlariga aylanib qoladi. Aka-singillar kiyim javoniga tushib qolgan va yana bolalarga aylangan boʻlishadi. Ular Professorning uyiga qaytib chiqishadi.

Lewis „Arslon, jodugar va javon“ kitobini yozganidan juda mamnun boʻldi va tez orada Shahzoda Caspian asarini yozishni boshladi. U ushbu sikvelni bir yildan kam vaqt ichida, 1949-yilning oxiriga qadar bitirib boʻldi. „Arslon, jodugar va javon“ 1950-yilgacha keng ommaga taqdim etilmagan edi.

Hozirda Lewis Narniya hikoyalari tufayli juda muvaffaqiyatli bolalar yozuvchisi boʻlib hisoblansa-da, avvaliga u tanqidlarga uchragan edi. U paytda bolalar uchun hikoyalar realistik ruhda yozilishi urfga kirgan edi. Fantaziya va sehr-jodu haqida ertaklar faqatgina juda yosh kitobxonlar uchun atalgan boʻlib, yoshi kattaroq bolalar uchun xavfli, ularning kundalik hayotiga zarar keltiradi, deb sanalar edi. Baʼzi tanqidchilar kitobni oʻta tarbiyaviy, masihiylik elementlari juda koʻp ishlatilganligi sababli bolalarni oʻziga qaratib olishi mumkin deb aytganlar. Boshqalar esa asardagi zoʻravonliklar bolalarni qoʻrqitib yuborishi mumkin deya xavotir olganlar.

Lewisning nashriyotchisi Geoffrey Bles Narniya hikoyalari sotila olinmay, Lewisning obroʻsiga putur yetkazishi hamda uning boshqa kitob sotuvlariga taʼsir qilishidan xavotir olgan edi. Shunga qaramay, ushbu asar va uning davomchilari yosh kitobxonlar orasida katta muvaffaqiyatga erishadi va Lewisning nashriyotchisi Narniya haqidagi qolgan hikoyalarni chop etishga oshiqadi.

2005-yili asar Time jurnalining „1923-yildan boshlab yozilgan eng yaxshi 100 ta ingliz tilidagi asarlar roʻyxati“ga kiritiladi.


Lotin alifbosida maqola: Arslon, jodugar va javon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
KIYIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты