Azimjon Asqarov

Azimjon Asqarov (17.05.1951-yil — 25.07.2020) — qirgʻizistonlik oʻzbek siyosiy faol va jurnalist. 2002-yil militsiya shafqatsizligini oʻrganish uchun „Воздух“ („Havo“) guruhiga asos solgan. Asosan oʻzbeklar jabr koʻrgan 2010-yil iyun tartibsizliklari paytida zoʻravonlik holatlarini hujjatlashtirib borgan.

Asqarov keyin qoʻlga olingan va unga ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, milliy nizo qoʻzgʻash va qotillikda qatnashish ayblovlari qoʻyilgan. Koʻplagan xalqaro inson huquqlarini himoya qilish guruhlari qarshilik koʻrsatgan va qiynoqlar va sud zalida militsiya xodimlari tomonidan guvohlarni qoʻrqitish kabi kamchiliklarga toʻla deb koʻrsatilgan sud jarayonidan keyin Asqarovga bir umrlik qamoq jazosi berildi va u yerda vafotigacha qoldi. 2010-yil noyabrda Asqarovning sogʻligʻi qamalgani sabab tez yomonlashayotgani aytildi. Human Rights Watch, Reporters Without Borders, People In Need, Committee to Protect Journalists va Amnesty International kabi bir qancha guruhlar Asqarovni qoʻllab, uni ozodlikka chiarishga chorladi. Amnesty International Asqarovni „vijdon mahbusi“ (inglizcha: prisoner of conscience) deb topdi.

2015-yil AQSH Asqarov „Inson huquqlari himoyachisi“ mukofoti bilan taqdirlandi. Bunga Qirgʻiziston hukumati qarshi chiqdi va AQSH va Qirgʻiziston oʻrtasida hamkorlik boʻyicha 1993-yil imzolangan bitimni bekor qildi. 2016-yilning 12-iyulida Qirgʻiziston oliy sudi umbrbod qamoq jazosi hukmini bekor qildi hamda Asqarov ishini qayta koʻrib chiqish uchun Chuy viloyat sudiga joʻnatdi. 2017-yilning 24-yanvari Asqarov qaytadan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. 2020-yilning 25-iyulida qamoqda vafot etdi. Rasmiy manbalarga koʻra, faol pnevmoniyadan qazo qilgan.

Azimjon Asqarov 1951-yilning 17-mayida Qirgʻizistonda joylashgan Jalolobod viloyatidagi Bozorqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Toshkentda badiiy sanʼat bilim yurtida oʻqigan. Uylanganidan keyin Asqarov 15 yil davomida rassom va bezakchi boʻlib ishlagan. Asqarov Hadicha Asqarovaga uylangan va ularning uch farzandi bor.

Asqarov inson huquqlarini himoya qilish faoli boʻlib 1990-yillardan beri ishlab keladi. 2002-yil Qirgʻiziston qamoqxonolaridagi ahvolni oʻrganish uchun „Воздух“ („Havo“) guruhiga asos solgan. Asqarov asosan Bozorqoʻrgʻon atrofida ishlagan va qoʻlga olingunicha guruhga rahbarlik qilgan. Faoliyati davomida militsiya shafqatsizligi va zoʻravonligi boʻyicha bir necha yangi ish ochgan. Uning izlanishlaridan keyin bir necha militsiya xodimi ishdan boʻshatilgan. Asqarov 2006-yil qiynoqlar haqidagi gaplarni tanqid qilib yozgani uchun uni prokuror tergovchisi sudlaganini aytgan. Olti oy choʻzilgan sud jarayonida Asqarov gʻolib chiqdi. Natijada Asqarovning soʻzlariga koʻra „Qonunni himoya qilish jamiyatida dushmanlar meni toʻxtatishga fursat poylab yurishardi.“

2010-yil iyunda Qirgʻizistonda oʻzbek va qirgʻiz millatlari vakillari orasida qonli toʻqnashuvlar yuzaga keldi. Bu toʻqnashuvlarda asosan oʻzbek millatiga mansub 2 000 dan oshiq kishi halok boʻldi va yuz minglagan kishi boshqa joyga koʻchishga majbur boʻldi. Zoʻravonlikdan keyin oʻnlagan oʻzbek faollari va diniy yetakchilari Qirgʻiziston hukumati tomonidan qoʻlga olindi va milliy nizo chiqarishda ayblandi. Bular orasida qotilliklarni va uylarni yoqish hollarini videoga olib yurgan Asqarov ham bor edi. Asqarov keyin videolarni xalqaro ommaviy axborot vositalirga tarqatdi va qirgʻiz harbiylarini qotilliklarda qatnashishda aybladi.

Asqarov 2010-yil 15-iyunda Bozoqqoʻrgʻonda qoʻlga olingan. Ozgina vaqtdan keyin Qirgʻizistonning inson huquqlar boʻyicha ombudsmeni Tursunbek Aqun bunga qarshi chiqqan.

Asqarov boshqa inson huquqlari himoyachilari bilan birga Jalolobod viloyatining Novken tumanida joylashgan sudda sud qilingan.Human Rights Watchdan borgan kuzatuvchi himoyalanuvchida ham, guvohlarda ham yangi koʻkarishlar koʻringanini va ularda qiynoq alomlatlari boʻlganligini aytgan. Kuzatuvchi yana Asqarovni, boshqa himoyalanuvchilarni va ularning advokatlarini sudda oʻtirganlar ochiqchasiga qoʻrqitishganini va ularga hujum qilishganini aytgan. Qonun himoyachilari boʻlsa hech nima qilmasdan qarab turishgan. Asqarovning advokati Nurbek Toqtaqunov milliy nizo davomida halok boʻlgan militsiya xodimining qarindoshlari unga kelib Asqarovni himoya qilishda davom etsa kuch ishlatishlarini aytib qoʻrqitishgan. Amnesty International Asqarov va Toqaqunovning xavfsizligidan xavotirga tushib ularni himoyalashga chiqarigan.

Asqarov militsiyada ushlab turilgan vaqtida uni urishganini va qiynashganini aytgan. Asqarovning advokatlari uning orqasi koʻkarib ketganini aytishgan. 2010-yil 4-noyabrda prokuror matbuot anjumani qilib doʻpposlash yuz berganini rad qilgan.

2010-yil 10-noyabrda Asqarovga chiqarilgan farmonni apellatsiya sudi qoʻllagan. Ikki kundan keyin Amnesty International Asqarovning sogʻligʻi tezlik bilan yomonlashayotgani haqida xabar bergan. Keyin uni qamoqxonadan Bishkekdagi shifoxonalardan biriga olib borishgan. Uning oila aʼzolari Asqarov qamoqxonada yaxshi qaralmayotganidan xavotirda ekanliklarini aytishgan.

2011-yil 8-fevralda Qirgʻiziston oliy sudi Asqarovning ishi boʻyicha yangi dalillarni koʻrib chiqishga rozi boʻlgan. Ammo koʻrib chiqish keyinga qoldirilgan. 2011-yil 11-aprelda ishini koʻrib chiqish ikkinchi marta qoldirilgan. 2011-yil 20-dekabrda Qirgʻiziston oliy sudi Asqarovga chiqarilgan hukmni kuchda qoldirgan.

Asqarovning advokati keyin oliy sud qarorini BMT inson huquqlari konsuliga appelatsiya qilishga qaror qilgan, ammo Asqarovning oʻzi bunga qarshi boʻlgan. Sabab sifatida qaror chiqquncha tirik qolmasligi mumkinligini aytgan. Asqarov oʻz ishi Qirgʻiziston ichida qayta koʻrib chiqilishini istaydi.

2013-yil martda Azimjon Asqarovning turmush oʻrtogʻi Xadicha Asqarova xalqaro tashkilotlarga ochiq xat bilan murojaat qilgani xabar qilindi. Xadicha Asqarova yordam soʻrab BMT Inson Huquqlari Komissarligining Markaziy Osiyo idorasiga, Yevropa Ittifoqining Qirgʻizistondagi elchiligiga, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Bishkekdagi idorasiga, AQSh Davlat Departamentiga, AQSh, Germaniya va Fransiya elchixonalariga va yana boshqa bir necha xalqaro tashkilotlarga murojaat qilgan.

Amnesty International, Human Rights Watch,Committee to Protect Journalists,Front Line,International Partnership for Human Rights (IPHR), va International Federation for Human Rights hammasi Asqarovga chiqarilgan hukmni qoraladi. Committee to Protect Journalists Asqarov va u bilan birga qamalgan Ulugʻbek Abdusalomovni ozod qilishga, ularni qamagan militsiya xodimlarini „mansablarini suiisteʼmol qilishgani uchun“ tergov qilishga chaqirgan.Amerikalik aktyor Martin Sheen ham Asqarovni qoʻlladi. Bishkekdagi AQSh elchixonasi ham Qirgʻiziston hukumatini Asqarovning arizasini „betaraf qarab chiqishga“ chaqirgan.Reporters Without Borders uni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgan.

2011-yil 8-martda People In Need Asqarovga „inson huquqlari, demokratiya va siyosiy mojarolarni kuch ishlatmasdan yechish yoʻllarini targʻib qilgani uchun“ Homo Homini Award mukofotini berdi. Asqarov qamoqxonadan „Yosh boladek yigʻladim. Quvonchimni izhor qilishga soʻz yoʻq. Koʻp qiynoqlardan va kamsitishlardan keyin yana bir bor inson huquqlari va adolat uchun kurashishning baland qiymatini anglab yetdim!“ - deb javob yozgan.

2011-yil mayda Asqarovning rasmlari koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmani uning ayoli va bir necha inson huquqlari tashkilotlari uyushtirdi. Rasmlarda „Fargʻona vodiysi aholisi va ularning kundalik hayotidan lavhalar“ tasvirlangan.

2012-yil Asqarovga Jurnalistlarni Himoya Qilish Komiteti (inglizcha: Committee to Protect Journalists) Matbuot Erkinligi Xalqaro Mukofotini (inglizcha: International Press Freedom Award) berdi. Mukofot hujum, qoʻrqitish yoki qamalishga qaramasdan matbuot erkinligi uchun kurashishda jasorat koʻrsatgan jurnalistlarga beriladi.

Asqarov 2020-yilning 25-iyulida — pnevmoniya alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilganidan keyin bir kun oʻtib vafot etdi. Oʻlimi paytida 59 yoshda boʻlgan Asqarov yurak va boshqa surunkali xastaliklardan aziyat chekib kelgan edi. U 2020-yilning 31-iyulida Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida dafn etildi. Oʻlimidan oldin faol Oʻzbekistonda dafn etishlarini vasiyat qilgan edi. Shuningdek, uning qarindoshlari agar u Qirgʻizistonda dafn etiladigan boʻlsa, qabri qirgʻiz millatchilari tomonidan vandalizmga uchrashidan xavotirlandi.


Lotin alifbosida maqola: Azimjon Asqarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты