Ajriqbosh (Phleum pratense) yem-xashak va agrotexnika jihatdan juda katta ahamiyatga ega boʻlgan bu oʻsimlik moʻtadil nam iqlimli mintaqalarda, masalan G'arbiy Yevropa AQSh, Kanadada yem-xashak sifatida, shuningdek pichan oʻrib oladigan oʻtloqlar yaratishda, oʻt-dalali almashlab ekishda, bedaga aralashtirib ekishda keng koʻlamda qoʻllaniladi. Namni koʻp talab qiladi. Ekilgach 3-4 yildan soʻng gektaridan 70 sentnergacha pichan, 3,5 dan 10 centnergacha urugʻ beradi. Ajriqboshining bir necha turi mavjud.