Akademik taʼtil — Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish uchun, bolalarni parvarish qilish maqsadida beriladi.
Akademik ta’til oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatda beriladi:
Shuningdek, talabaga oilasining kasal a’zosini parvarish qilish uchun ham akademik ta’til beriladi.
Talabalarga oʻqish davomida 2 marta taqdim etiladi. Istisno sifatida tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta’til berilishi mumkin. Birinchi bosqichda ta'lim olayotgan talabalarga akademik ta’til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli beriladi. Talabaga akademik ta’til berilishi uni ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. shuningdek, akademik ta’til davrida talabalarga stipendiyalar toʻlanmaydi.