Xayriddin Saloh 

Romantik tasavvur va lirik kayfiyatlar kuychisi bo‘lgan Xayriddin Saloh 50-yillarda o‘zbek she’riyatiga kirib kelgan shoirlardan biridir. Xayriddin Saloh o‘ta samimiy va dilbar inson ham edi. Uning qator lirik she’rlardan qilgan tarjimalari kitobxonlar ommasi tomonidan samimiy kutib olingan.

50-yillarda o‘zbek she’riyatiga kirib kelgan shoirlar orasida Xayriddin Saloh alohida ajralib turadi.

U 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan, o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq she’riyatga bo‘lgan qiziqishini namoyish eta boshlagan. Ana shu qiziqish uni 50-yillarning boshlarida G‘ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagiga boshlab kelgan. U shu yerda E.Vohidov, Yu.Shomansur, Sayyor singari yosh shoirlar bilan birga she’riyat alifbosini o‘rgangan. Xayriddin Saloh 1957 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo‘limini tugatgach, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida adabiy xodim lavozimida xizmat qilgan.

Uning so‘nggi xizmat joyi «Gulxan» va «G‘uncha» jurnali bo‘ldi.

Shoir avji iste’dodi chaman bo‘lib ochilgan vaqtda, 1969 yili fojiali ravishda halok bo‘lgan.

Bunday nafis tuyg‘ular kuychisi bo‘lgan shoir chindan ham o‘ta samimiy va dilbar inson ham edi.

U tarjimon sifatida Bayron, Pushkin, Lermontovlarning qator lirik she’rlarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Uning Henrix Heynening lirik she’rlaridan qilgan tarjimasi kitobxonlar ommasi tomonidan samimiy kutib olingan.

Xayriddin Salohning ilk she’ri 1950 yili matbuotda e’lon qilingan. 1957 yili ustoz Mirtemir yosh shoirga oq yo‘l tilab, uning «Niyat buloqlari», «Ko‘li Qubbon» va «Olma» she’rlarini gazetada e’lon qilgan. Oradan bir yil o‘tgach, H.Salohnint «Chashma» (1958) deb nomlangan ilk she’rlar to‘plami nashr etilgan.

Yosh shoir 60-yillarda, ayniqsa, samarali ijod qilib, o‘zining «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «Tug‘yon» (1969) kabi bir qator she’riy to‘plamlarini nashr ettirdi. Vafotidan so‘ng esa «Izlar va hislar» (1974), «Lirika» (1985) kabi she’r va dostonlardan tarkib topgan kitoblari bosilib chiqdi.

Romantik tasavvur va lirik kayfiyatlar kuychisi bo‘lgan shoir «Na’matak», Sulton Jo‘ra hayotiga bag‘ishlangan «Yangroq hayot» singari dostonlarini yaratdiki, ular 60-yillar o‘zbek she’riyatining yutuqlaridan birini tashkil etdi.


Lotin alifbosida maqola: Xayriddin Saloh  haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты