Tilak Jo‘ra

Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Jo‘ra yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi. Shoir qishloq manzaralarini, mehridaryo, halol, to‘g‘riso‘z, mehnatkash odamlarning o‘y-kechinmalarini, orzu-umidlarini ehtirosli misralarda, yorqin timsollarda aks ettirgan.

Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Jo‘ra o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi, yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Tilak Jo‘ra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ildi. 1956-1966 yillarda o‘rta maktabda, 1966-1972 yillarda hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetida o‘qidi. 1978-1981 yillarda aspiranturada tahsil oldi.

1970 yildan umrining oxiriga qadar universitetning tarjima nazariyasi kafedrasida talabalarga tarjima ilmidan saboq berdi, 1986 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.

Tilak Jo‘radan yaxshi nom, yaxshi she’riyat qoddi. Tilak Jo‘ra 1994 yilda to‘satdan vafot etdi.

Shoirning «Rayhon» (1977), «Olam ostonasi» (1980), «Yulduzlar tabassumi» (1981), «Chorrahadagi uy» (1983), «Sanduvoch» (1988), «Ruhiyat» (1990) nomli she’riy kitoblari, rus, turk, ozarbayjon, arman, frantsuz she’riyatidan qilgan tarjimalari, «Hozirgi turk she’riyati», «Nozim Hikmat va O‘zbekiston» singari ilmiy asarlari bosilib chiqqan.

Tilak Jo‘ra qishloq manzaralarini, mehridaryo, halol, to‘g‘riso‘z, mehnatkash odamlarning o‘y-kechinmalarini, orzu-umidlarini ehtirosli misralarda, yorqin timsollarda aks ettirgan.


Lotin alifbosida maqola: Tilak Jo‘ra haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты