Pak Andrey Insunovich

Andrey Insunovich Pak (noyabr 1926 — 1994) — geolog, geologo-mineralogik fanlar nomzodi, Lenin mukofoti laureati.

1951 yil A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat universitetini tamomlab, Krasnoxolmsk qidiruv ekspeditsiyasida partiya boshlig‘i, bosh geolog bo‘lib ishlagan. Oltin, kumush, uran, fosforit, feruza, qum kvartsi va boshqa qazilma konlari topilmasi ishtirokchisi. Uchquduq uran qazilmasini birinchi topuvchilaridan (V. M. Mazin, F. N. Abakumov, A. A. Petrenko, M. E. Poyarkovlar qatorida) biri bo‘lgan, keyinroq uning asosida Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati qurilgan.

1967 yildan 1994 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi geologiya va geofizika instituti katta va yetakchi ilmiy xodimi.

1965 yil nomzodlikni yoqlagan, 1984 yil doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Mukofotlari

1959 yil Lenin mukofoti — Uchquduq uran qazilma koni ochilmasi uchun.

Mehnat Qizil Nishoni ordeni.

“Birinchi kon topilmasi kashshofi” faxriy belgisi.


Lotin alifbosida maqola: Pak Andrey Insunovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты