Navruz Ahmad-xon

Navruz Ahmadxon — Buxoro xoni Shayboniylar sulolasining o‘zbek xoni. 1552-1556 yillarda hukmdorlik qilgan.

Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonning nabirasi, shayboniy Suyunchxo‘jaxonning ikkinchi o‘g‘li Navruz Ahmadxon tarixda Baroqxon nomi bilan ham mashhur. Uning tarbiyasi bilan shoir Vasifiy shug‘ullangan.

Navruz Ahmadxonning akasi ham bo‘lgan - Keldimuhammadxon.

Dastlab Navruz Ahmadxon Shayboniylarning Toshkent vohalarini boshqargan.

XVI asrning o‘rtasida Shayboniylar davlatida bir qancha o‘lkalar mavjud bo‘lgan: biri Abdulatifxon boshqargan Samarqand bo‘lsa, ikkinchisi esa Ubaydulla o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroni boshqargan. Abdulazizxonning vafotidan so‘ng, 1551 yilda Navruz Ahmadxon Samarqandni bosib oldi va Shayboniylarning oliy hukmdoriga aylandi. U bosh o‘zbek xoni deb e’lon qilingan.

Navruz Ahmadxon aholi qiziqishlarini kuzatgan holda yangi ekin maydonlarini sug‘orish ishlari tashkillashtirgan, mamlakatda iqtisodiy reforumlarni amalga oshirishga uringan.

Navruz Ahmadxonning sakkizta o‘g‘li bo‘lgan: Darveshsulton, Jalolsulton, Boboxon, Aminsulton, Dustumsulton, Qosimsulton, Xorazmshoh-sulton, Tohirsulton.

Navruz Ahmadxon Toshkentdagi otasi maqbarasiga uning nomi bilan atalgan madrasa qurdirdi.

Navruz Ahmadxon ba’zi manbaalarga ko‘ra 10 sentyabr 1556 yilda, ba’zilarida 23 noyabr 1556 yil Samarqandda vafot etgan va shahardagi sufiylik oqimi yetakchisi Xo‘ja Ahror Naqshbandiy qabrining yonida dafn etilgan. Undan so‘ng Shayboniylar davlatining bosh hukmdorligi Pirmuhammadxon qo‘liga o‘tgan.


Lotin alifbosida maqola: Navruz Ahmad-xon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Umar Shayx Mirzo Bahodir
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты