Olim Qo‘chqorbekov

Olim Qo‘chqorbekov 1932 yilning 12 avgustida, Zangi ota tumanining Qatortol qishlog‘ida, dehqon oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabdan so‘ng 1951 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qigan. U 1957 yilda o‘qishni tugatgach, qariyb qirq yil davomida «Mushtum»da faol va izchil mehnat qildi. Oddiy adabiy xodimlikdan bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi.

1969 yildan boshlab, uning birinchi hajviy asarlari nashr etila boshlagan. Shu davrda uning «Birinchi sort bo‘ydoq» (1969), «Salomiga yarasha» (1982) kabi hajviy asarlari chop etildi. Uning «Lo‘li bola» nomli ilk qissasi esa, 1978 yilda bosmadan chiqdi. 1980 yilga kelib adibning Buxoro amiri Olimxonning so‘nggi kanizi haqidagi «So‘nggi kaniz» romani, «Sharq yulduzi» jurnalida «Inqiroz» nomi bilan e’lon qilindi. Hozirgi kunda esa, uning «Amirlikdan mahbuslikka» degan romani nashr etilish arafasida turibdi.

Uning birinchi she’ri 1948 yidda matbuotda e’lon qilindi. Shundan so‘ng uning bolalar uchun «Chorichambar» (1963), «Sirli xum» (1969), «Qaysar buzoqcha» (1974) kabi kitoblari nashr etildi.

Olim Qo‘chqorbekov adib sifatida tanilgan. Uning bu boradagi ilk to‘plami «She’r va masallar» nomi bilan 1957 yilda nashr etilgan. So‘ngra, ketma-ket «Kuylarim va o‘ylarim» (1960), «Umrim bog‘ida» (1970), «Ko‘ngil mezoni» (1972), «Va’zxon va Zag‘izg‘on» (1974), «Nozik ko‘ngil» (1983) kabi she’riy to‘plamlari yuzaga keldi.

Olim Ko‘chqorbekovning bir qator hajviy asarlari mashhur satirik kinojurnal «Nashtar» sahifalaridan ham o‘rin olgan. Olim Qo‘chqorbekov qanday janr va turda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z zamondoshlarini poklikka, halollikka va qolaversa, komil inson bo‘lishga da’vat etib kelgan.

Unga 1973 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.


Lotin alifbosida maqola: Olim Qo‘chqorbekov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты