Ibroxim Komilov - kulol, usta-keramist “naqqosh”, kulollar sulolasining yettinchi avlodi, buyuk Usta - Farg‘ona vodiysidagi kulolchilarning ustozi hisoblangan oqsoqol, O‘zbekiston xalq rassomi va O‘zbekiston xalq ustasi.
Ibrohim Komilov 1928 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida, Usta Komil, buyuk Usta o‘g‘li - Farg‘ona vodiysidagi kulolchilarning ustozi hisoblangan oqsoqol Abdulla Kulol (Kali Abdullo) – oilasida, yettinchi avlod bo‘lib dunyoga kelgan.
U kulolchilik san’atini otasi Usta Komildan va amakilari Usta Dodo va Usta Madamin (Mulla Madamin Axun), hamda mashhur kulol ustasi-ko‘zagar, XIX asr mashhur ustalaridan bo‘lgan Bobo Xoji Mirsalimov shogirdi, Usta Mirsodiqdan o‘rgangan.
Usta 60 yil davomida Rishton keramik zavodida faoliyat yuritgan. U kulolchilikning turli yo‘nalishlari, chinnipazlik, chizmalar, shakl va turli xil kulolchilik uchun zarur bo‘lgan loy qorishmalari texnologiyalari bo‘yicha eng mashhur ustalardan biri bo‘lgan.
U kulolchilik uchun ishqor loyini yanada mukammallashtirish va uni ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Toshkentdagi Baranov keramik artelida ta’lim olgan. Rigada ijodiy safarda bo‘lgan. O‘zbekistondagi va horijiy ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.
Ustaning ijodiy ishlari O‘zbekiston Davlat muzeyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Farg‘ona viloyati muzeyi, Moskva Sharq san’ati muzeyi, Sankt-Peterburg etnografiya muzeyi, Davlat Ermitaji-va xorijiy to‘plamlarda uchraydi.
1997 yildan beri “Hunarmand” O‘zbekiston xalq ustalari Uyushmasi a’zosi.
I.Komilov - Rishtondagi hashar yordamida qurib bitirilgan XII asrning mashhur islom dini targ‘ibotchisi Burxaniddin al- Marg‘inoniy maqbarasini bezatib turgan yog‘och o‘ymakorligi dizaynini muallifi sanaladi.
Mukofotlari
- «O‘zbekiston xalq rassomi» (1973 y.)
- «SSSR Davlat mukofoti laureati» (1983 y.)
- O‘zbekistonning mehnat zafarlari kitobi “Mehnat”ga kiritilgan (1984 y.)
- PROON YuNESKO «Ustoz-shogird» dasturining stipendiyasi sohibi (1996 y.)
- «Narodniy master Uzbekistana» (1998 y.)
Avlodi
- Qizi — Xalima Ergasheva, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- O‘g‘li — Komilov Ismoiljon, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- O‘g‘li — Komilov Isroil, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- O‘g‘li — Komilov Muzaffar, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- O‘g‘li —Komilov Sharofiddin, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
Shogirdlari
- Ashurali Yuldashev, usta-kulol, , Mehnat Qizil Bayrog‘i ordeni, Xalqlar Do‘stligi ordenlari, SSSR VDNX medali bilan taqdirlangan.
- Sharafiddin Yusupov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi.
- Rustam Usmanov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi, “Hunarmand” milliy hunarmandchilik ustalari asotsiatsiyasi a’zosi.
- Muzaffar Saidov, usta-kulol, “naqqosh”, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi, “Hunarmand” milliy hunarmandchilik ustalari asotsiatsiyasi a’zosi.
- Kimsanboy Abduqodirov, usta-kulol, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- Nabijon Qodirov, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- Kimsanboy G‘anijonov, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- Eliboyev G‘anijon, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- Yuldashali Ergashev, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
- Nimadali Ergashev, usta-kulol, kulolchilikning barcha jarayonlari va tayyorlash texnikalaridan xabardor.
Lotin alifbosida maqola: Komilov Ibrohim Usto Komil o‘g‘li haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)