Burmakin ladimir Ivanovich

Vladimir Ivanovich Burmakin – Akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Toshkent shahrida 1938 yil 9 yanarda tug‘ilgan.

Umrining o‘n bir yili kasbiy tayyorgarlikda o’tib, (o‘qishning birinchi yillarida u xalq ustasi Toshpo‘lat Arsanqulovda ganj o‘ymakorligi bo‘yicha amaliyotni o‘tagan) undan so‘ng u xalq ustasi, mashhur portretla ryaratuvchisi Abdulxaq Abdullayev qo‘l ostida o‘qishni davom ettirgan. Vladimir Burmakin o‘qishni xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimiV.I. Jmakin qo‘li ostidagi o‘quv bilim yurtini tugatdi. 1959-1965 yillarda esa u O‘zbekiston xalq rassomi, akademik R.A. Axmedov raxbarligidagi Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutida tahsil oldi.

Vladimir Burmakinning bo‘yoqlarga va ijodiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi unga rassom, qandolatchi va ixtirochi otasidan o‘tgan. Ivan Burmakin Yaroslavl viloyatidan bo‘lib, butun hayoti davomida rasm chizgan, shuningdek, qandolatchilik maxsulotlarini pishirish bilan shug‘ullangan va har bir yaratgan maxsuli noyobligi bilan ajralib turgan. Shuningdek, u qandolat ishlab chiqarish uchun maxsus tizimni yaratgan. Yekaterinburgda Toshkentlik bo‘lajak ikkinchi tumush o‘rtog‘i bilan tanishadi va 1938 yilning yanvarida o‘g‘li Vladimir dunyoga keladi. Keyinchalik oila O‘zbekistonga ko‘chib o‘tadi. Ammo urushdan oldin otasi fojiali tarzda halok bo‘ladi.

Onasining singlisi Burmakin 3 yoshligida unga rangli qalamlar sovg‘a qilib, unga chizishni o‘rganishi kerakligini, zero otasi rassom bo‘lganligini aytadi. Biroq tasviriy san’atga bo‘lgan haqiqiy qiziqish maktab davrida boshlanadi. 40-yillarda Toshkentning 50-maktabida rassomchilikdan Leningraddan evakuatsiya qilingan Mixail Metrofanovich Yesin dars bergan. U ko‘plab bolalar, jumladan, Volodya tahsil olgan san’at studiyasini tashkil etdi.

1952 yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika san‘at kollejiga o‘qishga kirdi. Bir vaqtning o‘zida, xalq ustasi Toshpo‘lat Arslonqulovdan ganch o‘ymakorligini, hamda Jmakin va Goldreydan rassomchilikni o‘rganadi.

Volodya san’at maktabini o‘zinig «Vecherniy zvon» nomli diplom ishi bilan «a’lo» darajada bitirgan, so‘ng Leningraddagi I. Repin nomidagi institutga kirishga harakat qiladi. Ammo muvaffaqiyatsiz. Shundan so‘ng o‘zining badiiy an’analari bilan mashhur Samarqandga borishga qaror qilad. U yerda 5 va 25-sonli ikkita umumta’lim maktablarida chizmachilik va rassomchilik fanlaridan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Vladimir Burmakin bugungi kungacha shu qadar sevimli bo‘lib qolgan bu qadimiy shahar san’atkorlari bilan iliq va do‘stona aloqalarni saqlab qolgan.

1959 yilda V. Burmakin A. Ostrovskiy nomidagi Teatr va san’at institutiga, professor R. Axmedovning studiyasida o‘qishga kiradi va 1965 yilda o‘qishni tugatadi. Badiiy maktabdagi besh yil davomida talabalar tez-tez ochiq havodagi ijod uchun hamda Moskva, Xarkov, Kiev va Leningradning eng yaxshi muzeylarida tajribalarini oshirish uchun borishgan. 1967 yilda Moskva yaqinidagi Senej ko‘lidagi Rassomlar uyushmasi asosida tashkil topgan "Yoshlar guruhi"ga Vladimir ham a’zo bo‘ladi. Xuddi shu yili Manejdagi (Moskva) mashhur ko‘rgazmada O‘zbekiston rassomlarining asarlari orasida Burmakinning "Kutuvchi ayollar" va "Boysun Madonnasi" asarlari markaziy o‘rinni egalladi.

Darvoqe, "Madonna" keyinchalik butun dunyoni sayohat qilgan, faqat Parijning o‘zidagina uch marta namoyish etilgan. Bu tasvir yaralishiga esa Vladimir Ivanovichning ajoyib do‘sti, hozirda raxmatli bo‘lgan milliy rassom Ro‘zi Choriev va ularning 65-yillardagi Surxondaryoga tashriflari sabab bo‘lgan. Boysunning go‘zal joylari san’atkorlarni be’etibor qoldirishi mumkin emas edi. U yerda ular ko‘p rasm solganlar va ularni tomlar ustida turib, mahalliy aholi tomosha qilgan ...

- Men dunyoni erta kashf qilganim-bu menin omadim, - deydi Vladimir Ivanovich. - Chet elga men birinchi marta 1969 yilda tashrif buyurgan edim. Bir guruh rassomlari Fransiyada ikki haftasini o‘tkazdi. O‘shanda Luvrni, cherkovlarni ko‘rdi. So‘ng, yana Parij, Jorj Brakning kolleksiyasini, do‘sti va kubist Pablo Pikasso, M. Shagal ko‘rgazmasini, futurist K. Kara, U. Bochchoni, D.Severini rasmlarini ko‘rdi.

Aytgancha, futuristik g‘oyalar va abstraktizm bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan Burmakinni orqasidan formalist deb atashgan. Bu shafqatsiz sovet tanqidchilari nuqtai nazaridan tarqalgan taxallusni Vladimir faxr bilan olib yurgan. Sovet Ittifoqida yuz bergan misli ko‘rilmagan holat shunda bo‘lganki, O'zbekistonga Yaqin va uzoq xorijdan kelgan san‘at ustalarini Burmakinning ustaxonasiga olib borishardi, iste’dodli va noan’anaviy rassomlari bilan "maqtanishardi".

V.I. Burmakinning sharafiga shuni aytish joizki, u hech qachon uning ijodi o‘zbek xalqining an’analari va madaniyati asosida ulg‘ayganligini unutmaydi. Realizm-bu san’atning doimiy ildizi ekanligini va u atrof muhit sharbati bilan sug‘orilishini inobatga olsak, ushbu san’at ustasi to‘plagan boy hayotiy tajribasida to‘g‘ri foydalana oldi. Bugungi kunda akademik, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutining dotsenti Vladimir Burmakinning rasmlarini butun dunyo bo‘ylab davlat va xususiy koleksiyalarda ko‘rish mumkin. Moskvada 30ga yaqin, Olmoniyaning "Galereya Ekyu"sida 200 ta, 50 tasi - Amerika Qo‘shma Shtatlarida, hamda Avstraliya, Bolgariya, Polsha, Angliya, Fransiyada...

70-o‘rtasida Burmakin muhtasham “Xalqlar do‘stligi” saroyi, “Paxtakor” metrosi bekati, “Mehnat zahiralari” sport kompleksi hamda “Zarafshon” restoranining yuz qismiga bezaklar bergan. Shuningdek, uning mozaikalari “Otchopar” bozorini bezab tursa, Toshkent aeroporti, hamda Senat binosining ichki qismidagi betakror chizmalar muallifidir.

U rassomlar orasida birinchilardan bo‘lib, asar yaratishda stereotipli fikrlash va shakllangan tassavvurdan xoli bo‘lgan yangicha yondashuvlarni kiritgan. Uning 1969 yildagi Toshkent shahrida joylashgan “Bilimlar uyi” nomli zalida bo‘lib o‘tgan shaxsiy ko‘rgazmasi, ijod jarayoniga batamom boshqacha qarashlarni olib kirishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rgazma ayrimlarning g‘azab va qahriga sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqalarni ijod olamining cheksiz imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch va umidlarini oshirgan.
Ko‘rgazmaga o‘ttiz yil vaqt o‘tib ham, ushbu noodatiy fikr yurituvchi rassomning muxlislari hamda hamkasblari uning asarlariga bo‘lgan e‘tiborlarini kamaytirmaganlar.
Vladimir Burmakinning ishlari sog‘lom energiya, ma’naviy-ahloqiy kuchlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Uning ijod maxsuli fikrlash tabiatidan shakllangan bo‘lib, so‘ng mantiqiy va aqliy sinovdan o‘tib insonga Yaratgandan va tabiatdan berilgan ijodiy ruxiy tetiklik, hamda borliq quvonchini in’om etadi. Aynan shuni rassom o‘z vazifasi deb biladi.

O‘tgan notinch ijodiy yillarida u yuzdan ortiq go‘zal va grafik ko‘rinishdagi asarlarni yaratgan. Burmakin O‘zbekiston, Rossiya, shuningdek, Angliya, Fransiya, Amerika, Germaniya, Bolgariya, Turkiya va Polsha kabi mamlakatlardagi ko‘plab ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.
Uning ishlari ko‘plab muzeylar, gallereyalar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.
Germaniyaning Keln shahri yaqinida joylashgan Gummersbax shaharchasidagi EKYu-Otel gallereyasida 200 dan ortiq ishlari to‘plangan. Ushbu shaharchaga u ijod qilish uchun borib turadi.

Burmakin ijodiy hayoti davomida Fransiya, Avstriya, Shveytsariya, Maroqand, Hindiston, Malayziya, Singapur, Bolgariya va Kuba davlatlarida bo‘lgan. U Italiya, Ispaniya va Meksika davlatlariga borishni orzu qiladi.
U qirq yildan ortiq Toshkentning rassomchilik ta‘lim muassasalarida dars berib, o‘ndan ziyod qobiliyatli rassomlarni tarbiyaladi va ular hozirda O‘zbekistonning mashhur rassomlar qatoriga kiradilar.
Unga «O‘zbekiston Respublikasining hizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi» unvoni berildi. 1997 yilda esa, Burmakin Akademiyaning haqiqiy a’zosi bo‘lib saylandi va unga Akademik faxriy unvoni topshirildi. 2005 yilda Vladimir Burmakin maxsus orden «Fidokor xizmatlari uchun» bilan taqdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: Burmakin ladimir Ivanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты