Alauddin Attor

Ala-ad-Din Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy al-Attor (1400 yil vafot etgan) — islom dini arbobi. Xo‘jagon -Naqshbandiy so‘fiychilik tariqatining diniy yetakchisi. Shayh, tariqat shayhlar oltin zanjiri ketma-ketligi hisobida - o‘n yettinchisi. Baxouddin Naqshbandiyning vorisi va muridi.

Tarjimai hol

Alauddin Attorning erta bolalik chog‘lari haqida, deyarli ma’lumot saqlanib qolmagan. U Xorazmlik bo‘lgani ma’lum. “Attor” tahallusi (dorixonachi, attor) uning atir sovdogari oilasidan ekanini anglatadi. Bolaligidayoq Alauddin ota-onasi bilan Buxoroga ko‘chib kelgan. Uning otasi Muhammad Attor Buxoro bozorida bir qancha savdo do‘konlari bo‘lgan va Alauddin o‘smirlik davrida savdoda ko‘pincha otasiga yordam bergan.

Otasining vafotidan so‘ng Alauddin madrasada ta’lim olgan. Ukalari foydasiga o‘z me’rosidan voz kechib, bor diqqatini ta’limga qaratadi. Talabalik davridaq Xo‘jagon nishonining darveshlik yo‘liga turishga qaror qiladi. Baxouddin Naqshbandiyga shogird tushish istagida uning qizi bilan unashtirilish orqali shayhning yuragiga eng qisqa yo‘lni topdi. Kuyovning joni ortida yirtiq buyra va yuvinish uchun ko‘zadan bo‘lak hech narsasi bo‘lmagan, yostiq o‘rnida ikki toshga bosh qo‘ygan holda uxlagan. Ammo, uning o‘tkir aqli, chuqur bilimi va fidokorona turmush tarzi Baxouddinni jalb qildi. Allauddin buyuk shayhning oila a’zosiga aylandi, biroq Naqshbandiyning shogirdi bo‘lish uchun undagi o‘spirinlik talabchanligi, haddan ziyod qiziqqonligi va ortiqcha kibri halaqit qilgan. Kuyovining shiddatli fe’l-atvorini tiyish uchun shayh Baxouddin uni madrasani tark etib, o‘zining uyi Qasri-Xinduvanga ko‘chib o‘tishga majbur qiladi. U kuyovini tariqatga boshlagan, lekin har doim muntazam ravishda tavadjux (yurakni poklash) o‘tkazgan holda o‘z yaqinida tutgan.

Garchan Alauddin Attоrning adabiy merosi bizning kungacha yetib kelmagan bo‘lsada, islomning keyingi tariqat maktablarida uning mehnati “Makalat-i Arvax” ga havolalar mavjud. Alauddin Attоrning ko‘p hikmatli gaplaridan Rashaxat va Nafaxatning ba’zi boblarida, shuningdek Abul-Qosim Muhammad ibn Ma’sud va Sarvar Mavlailarning nashrlarida foydalanilgan.

Shayh Alauddin Attоr hijriy 802 yilning Rajab oyi boshida o‘z o‘limini o‘zi bashorat qilib, muridlariga ma’lum qiladi. Tez orada og‘ir betob bo‘lib, shu oyning 20 chi sanasida (1400 yilning 19 martida) vafot etgan. Shayh Alauddinning mozori Navmin qishlog‘ida joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: Alauddin Attor haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Umar Shayx Mirzo Bahodir
ISLOM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты