Eldor Azimov - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Turkiston” nomli kamer orkestri badiiy rahbari va dirijori, respublikadagi birinchi kamer orkestriga asos solgan va uning ijro mahoratini yangi bosqichga olib chiqib, mamlakatimizda yangi musiqiy janr - kamera-orkestri janri yaratilishiga sabab bo‘lgan.
Eldar Sarvarovich shunday hikoya qiladi.
Men Hamid Olimjonning ukasi - taniqli yozuvchi va adabiyotshunos Sarvar Azimovning oilasida ulg‘aydim. Musiqa olamiga kirib kelishimga sabab bo‘lgan onamga minnatdorman. Yoshligimda qo‘shiq kuylashni yaxshi ko‘rarganligim sababli, onam men bilan shug‘ullanish kerakligini aytganlar (kuladi).
Ular V.Uspenskiy nomidagi maktabga meni eshittirish uchun olib keldilar. Men kuyladim va usulni chapakda urib berdim. Imtihon qabul qiluvchilar orasida ajoyib velionchelchi, Peterburg maktabi o‘quvchisi, barcha o‘qishga kiruvchilarning “hayajon”i sababi Vvedenskiy ham bor edi. Meni uspenskiy maktabiga skripka yo‘nalishi bo‘yicha Nauman Yefimovich Pover sinfiga o‘qishga qabul qilishdi. O‘qituvchim hayotdan 102 yoshida ko‘z yumdi. Uning o‘g‘li — Mark Naumovich Pover hozirda Stokgolm orkestri kontsertmeysteri bo‘lib ishlaydi, u yerda o‘z maktabini yaratgan.
“Uspenka”ni skripkachi sifatida tamomlagach, Konservatoriyaga o‘qishga kirdim. Keyin, ikkinchi kursdan armiya xizmatiga ketdim, harbiy-puflama orkestrida uch yil xizmatni o‘tab qaytdim. Orkestr boshqaruvchisi repetitsiyalarda ko‘pincha meni o‘z o‘rnida qoldirardi. Shunday qilib, men amaliyotda dirijyorlik san’atining boshlang‘ich pog‘onalari bilan tanisha boshladim. Xizmatning ikkinchi yili P.I. Chaykovskiy nomidagi Moskva Davlat konservatoriyasining harbiy dirijyorlik fakultetiga o‘qishga kirish taklifi kelib tushdi. Taklifni rad etdim va xizmatdan so‘ng konservatoriyadagi o‘qishimni tiklab, ajoyib skripkachi M.B. Reysonning sinfida o‘qishni yakunladim.
Aynan shu yili hayotimni butkul o‘zgartirib yuborgan uchrashuv bo‘ldi. Men Muxtor Ashrafiy bilan tanishdim. U meni dirijyorlik bilan professional darajada shug‘ullanishga undadi. Shunday qilib, oradan bir muncha vaqt o‘tgach, dirijyorlik bo‘yicha barcha imtixonlardan o‘tib, men yana talaba bo‘ldim. Ashrafiyning assistenti u vaqtlar Quvonch Usmonov bo‘lgan. Darslar vaqtida biz konservatoriyaning opera studiyasida orkestr bilan ko‘p vaqt ishlaganmiz. U vaqtlar mazkur orkestr kontsertmeysteri Vladimir Neymer bo‘lgan. Orkestr tarkibini yana boshqa ko‘plab qiziqarli musiqachilar tashkil qilib, keyinchalik vatanimiz musiqa madaniyatida muhim o‘rin egallashgan. Ular bilan birga men ham dirijyor sifatida shakllana boshladim.
1971 yil men o‘qishni tamomlab, O‘zdavteleradio orkestrida ish faoliyatimni boshlash bilan birga, M.Ashrafiy bilan dirijyorlik darslarini olishda davom etdim. Mening kamera orkestridagi ilk musiqachilik tajribalarim aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Umumiy repetsitiyalardan so‘ng men torli guruhni to‘plardim va bo‘sh vaqtimizda mustaqil ravishda dars qilardik. Barcha shu repetitsiyalar kechki 9 dan tungi 12 gacha davom etardi.
1972 yil bizning torli guruhimiz SSSR kompozitorlar ittifoqining ko‘chma Plenumida ishtirok etdi. Biz O‘zbekiston bastakorlarining kamer asarlarini ijro qildik, jumladan, M.Mahmudovning “Muhammas va ifor” to‘plami, M.Tojiyevning “Adajio”, F.Yanov-Yanovskiyning “Largo va Skertso” asarlari. 1974 yil bizning kamera orkestrimiz O‘zbekiston davlat teleradiosi qoshidagi rasmiy maqomiga ega bo‘ldi. Men u yerda 1991 yilgacha, 17 yil faoliyat yuritdim. Guruhimiz bilan birgalikda biz xalqimiz va chet el bastakorlarining ko‘plab asarlarini yozdik, “Melodiya” gramzapis bo‘linmasi bilan chambarchaslikda hamkorlik qildik va yiligi ikki-uchtadan plastinka yozdik. Turli mamlakatlardan bastakorlar bizga o‘z partituralarini yuborishar edi.
Orkestrimiz hatto oynaijahonda ham ishtirok edi. 1972 yil “Goluboy ogonyok” uchun ishtirokchilarni saralashgan. Biz Gendelning Concerto grosso asarini ijro qildik, bizni “Goluboy ogonyok” rejissyori A.O. Ginzburg tingladi. Ginzburg shunda: “Xo‘sh, hammangiz bo‘shsiz, lekin kamera orkestri qolishini iltimos qilaman. Siz “Ogonyok”ka ketasiz!”, dedi. Shunday qilib, biz Ostankino Katta kontsert zali studiyasiga tushib qoldik. Ikki dubl jonli ijro qilib, Yangi yil “Ogonyoklari” tarixiga kirdik.
1991 yil men u vaqtdan urfga kirgan hamkorlar puli evaziga faoliyat yuritgan “O‘zbekiston yulduzlari” kamera orkestriga ishga o‘tdim. Hayotimning bu davri chet ellarda kontsert berish bilan qayt qilinadi. Lekin mazkur orkestrdagi faoliyatim uzoq cho‘zilmadi. U vaqtlar “Turkiston” saroyi direktori bo‘lgan Farrux Zokirov saroy negizida kamera orkestrini yaratish taklifini berdi. Shunday qilib, 1994 yil men o‘z kamera orkestrimni to‘plab, unga “Turkiston” nomini berdim.