Adashev Soli

Adashev Soli — Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, 2- Belorusiya fronti 49- armiya 42- o‘qchi diviziyasi 459- o‘qchi polk bo‘limi qo‘mondoni. Sovet Ittifoqi qahramoni, katta serjant (1945).

1923 yil 2 mart kuni Namangan viloyati Norin tumani To‘da aholi punktida dehqonlar oilasida dunyoga kelgan.

Millati o‘zbek. 1946 yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi a’zosi. 1941 yil Andijondagi pedagogika texnikumini tamomlaydi. Boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1942 yildan Sovet Armiyasi tarkibida bo‘lib, frontga xizmatga ketgan.

23.06.1944 yil dushman hujumi vaqtida serjant Adashev qo‘mondonligi ostida 459-o‘qchi polk bo‘limi 20 nafar gitlerchilarni o‘ldirishadi. Chernevka qishlog‘ining Basya tumanini bosib olib, qurshov ostida jang olib boradi va yordamga kelgan bo‘limlar bilan birlashib oladi.

Urushdan so‘ng Namanganda yashaydi va ishlaydi.

1984 yil 2 noyabr kuni vafot etgan.

Mukofot varaqasidan:

“O‘rtoq Adashev o‘z bo‘limi bilan 23.6.44 yil birinchi bo‘lib dushmanga qarshi kurashgan va 10 tagacha nemisni o‘ldirishgan. ... 24.6.44 yil o‘rtoq Adashev yuqoridan uloqtirilgan granata va avtomat orqali uzilgan o‘t orqali 6 nafar nemisni o‘ldirib, bir nafarini asir olgan.

Chernyavkadagi urushda o‘rtoq Adashev birinchi bo‘lib, qishloqqa kirib oladi va stanok pulemetini vayron qilgan. Rotadagilar orasida birinchi bo‘lib Basya daryosini qamal qilgan.

24.6.44 yil 14 soat davomida qamal ostida bo‘la turib, o‘z fe’l-atvori bilan jangchilarni tank va motopexota yordamida kurashga ruhlantirgan. Shaxsan o‘zi bitta qo‘l pulemeti va snayperini yo‘q qilgan”.

Mazkur ko‘rsatgan jasoratlari uchun katta serjant Adashev Soli 1945 yil 24 mart kuni SSSR Oliy Kengashi Prezidumining Qaroriga ko‘ra Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni va Lenin ordeni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: Adashev Soli haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
IKKINCHI JAHON URUSHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты