Chimkent – do`stlik va tinchlik shahri,
Mehmonlarga ochiqdir bag`ri.
Sizga qardosh bo`lgan Toshkentdan
Salom deyman, Chimkent ahli.
Chimkentliklar g`urur, orliklar,
Do`stga doim vafodorliklar.
Aytilgan gap otilgan o`qdir,
Gapirgan gapga javobliklar.
Salom Chimkent, Toshkentdan salom,
Chimkent xalqi, sizga assalom.
Biz do`stlarmiz, qadrdonlarmiz,
Qardoshchilik bo`lsin bardavom. (x2)
Salom Chimkent!
Saxiy va mard, ochiq qo`llari,
“Четкий” o`tar to`ylari.
Chimkentda-da, Chimkentda do`stlar
Ulfatchilikning zo`rlari.
Oqibatli do`st-u yorlarga,
Yuragida olov borlarga.
Omad deyman, omad, chimkentlik
“Такой чик, молодец” bolalarga.
Salom Chimkent, Toshkentdan salom,
Chimkent xalqi, sizga assalom.
Biz do`stlarmiz, qadrdonlarmiz,
Qardoshchilik bo`lsin bardavom. (x2)
Salom Chimkent!
Taklif qilay do`stlar, hammani,
Mehmon bo`ling siz yurtimda mani.
Chimkent uchun, Toshkent uchun,
Do`stlik uchun olaylik qani.
Siz-bizimiz ketmasin, do`stlar,
Kulib tursin bu qora ko`zlar.
Chimkent uchun kuyladi O`ktam,
Yuragimdan chiqdi bu so`zlar.
Salom Chimkent, Toshkentdan salom,
Chimkent xalqi, sizga assalom.
Biz do`stlarmiz, qadrdonlarmiz,
Qardoshchilik bo`lsin bardavom. (x2)
Salom Chimkent!
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: