Nuriddin Hamroqulov - Tulporlarim

Uzoq yo`lim yaqin etgan,
Cho`lu qirga birdek yurgan,
Tariximda izsiz ketgan,
Boychiborim, qayda qolding,
G`irotim, qayga yo`qolding?

Tulpor, tulpor, tulpor,
Tulporlarim qayda qoldi?
Tulpor, tulpor, tulpor,
Tulporlaring qayga yo`qoldi?

Alpomishing kutar bedor,
Avazxon ham yayov nochor,
Tuyog`ingda nahot mix bor,
Boychiborim, qayda qolding,
G`irotim, qayga yo`qolding?

Tulpor, tulpor, tulpor,
Tulporlarim qayda qoldi?
Tulpor, tulpor, tulpor,
Tulporlaring qayga yo`qoldi?

Biror nomard berdimi pand,
Yo begona etdimi band,
Ogoh ayla, kishna baland,
Boychiborim, qayda qolding,
G`irotim, qayga yo`qolding?

Tulpor, tulpor, tulpor,
Tulporlarim qayda qoldi? (x2)
Tulpor, tulpor, tulpor, {x2}
Tulporlarim qayga yo`qoldi?



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Doston Ubaydullaev - Tulpor
Nuriddin Haydarov - Eshmat o’g’li Mamajon
Ozodbek Nazarbekov - Otamga o’xsha o’g’lim
Isroil Saidumarov - Ko’ngil band bo’ldi
Yulduz Turdieva - Vatan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты