AKBAROV Asqarali Odamshoyevich

AKBAROV Asqarali Odamshoyevich (1951.2.10, Oʻsh viloyati Yangiyoʻl tumani Karavon qishlogʻi) — naqqosh, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). T. Toʻxtaxoʻjayevning shogirdi. R. Yoqubov, J. Hakimov, M. Usmonovlar bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. M. Uygʻur nomidagi Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1995). 1975-y. dan Qoʻqon badiiy i. ch. ustaxonasida naqqoshlar brigadasi boshligʻi, 1982-y. dan Namangan badiiy ustaxonasi amaliy sanʼat brigadasi boshligʻi, 1989-y. dan Namangan viloyat oʻlkashunoslik muzeyida sanʼat boʻlimi boshligʻi, 1998-y. dan Oʻzbekiston BA Namangan viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbari. Akbarov ijodida anʼanaviy naqqoshlikni rivojlantirdi, binolar bezagida naqqoshlik bilan ganch va yogʻoch oʻymakorligini uygʻun holda qoʻlladi, unutilib ketgan kundal uslubini tikladi. Kursi, xontaxta, guldon, lagan kabi buyumlarni nafis ranglarda bezaydi. Milliy va zamonaviy binolar bezagida islimiy va girih mujassamotidan keng foydalanadi. Namangan («Paxtalikoʻl» sanatoriysi, Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi va b.), Toshkent («Moviy gumbazlar» choyxonasi, Xalqlar doʻstligi saroyi va b.) va b. viloyatlarda, xorijda 60 dan ortiq jamoat binolarini bezadi.


Lotin alifbosida maqola: AKBAROV Asqarali Odamshoyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ANDIJON VILOYATI
ARGENTINA
ARMANISTON
AHMAROV Chingiz Gabdurahmonovich
ANGOLA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты