BURCH

BURCH — kishining biror shaxs, oila, jamoa, elyurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. B. da obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch iymoneʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy Burch, ijtimoiy Burch, umuminsoniy Burch va b.). Ijtimoiy va shaxsiy Burch, oilada otaonalik Burchi, farzandlik Burchi va boshqa B. lar bor. B. nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hoz. sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi B. i yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy B. esa jamiyat oldida turgan maqsadlar b-n yaiada uygʻunlashmoqda. OnaVatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli B. hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: BURCH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты