BOSH MIYA NERVLARI

BOSH MIYA NERVLARI — bosh miya asosi (pastki yuzasi)dan oldinmakeyin boshlanuvchi 12 juft nerv. Ular bosh miyani tashqi muhit va ichki aʼzolar b-n bogʻlab turadi. I. Hid bil u v nervi — burun boʻshligʻining tepa qismiga tarqalib, hidlarni qabul qiladi; II. Koʻruv nervlari — koʻz soqqasining nurlarni qabul qiluvchi toʻr pardasiga tarqalgan. Koʻzni harakatlantiruvch i (III), gʻaltak (IV) va uzoqlashtiruvchi (VI) nervlar koʻz soqqasining yordamchi muskullariga boradi. V. U ch shoxli nerv yuz, koʻz, burun va ogʻiz boʻshliqlarigatarqaladi. VII. Yuz nervi — yuzdagi mimika (imoishora), jagʻ osti muskullari, burun boʻshligʻi, tanglay va til shilliq pardasini taʼminlaydi. VIII. Vestibulyareshituv nervi ichki quloqda tarmoqlanadi. IX. Tilhalqum (yutqin) nervi — til va halqumda tarmoqlanadi. X. Adashgan (sayyor) nerv — yurakka, nafas va qorin boʻshligʻi aʼzolariga tarqaladi. XI. Qoʻshimcha nerv — yelka va boʻyin muskullariga boradi. XII. Til osti nervi — til va til osti muskullariga tarqaladi. Bosh miya nervlari sezuvchi, xarakatlantiruvchi va aralash boʻladi. I, II, VIII nervlar sezuvchi, IV, VI, VII, XI, XII nervlar harakatlantiruvchi va III, V, IX, X nervlar aralash nervlardir.


Lotin alifbosida maqola: BOSH MIYA NERVLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADASHGAN NERV
BACHADON
Surxon guruhi - Ko’pkari
Sarbon guruhi - Jimir-jimir
AKSIRISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты