ANQO — afsonaviy qush. Qad. Sharq xalqlari afsona, ertak va dostonlarida bosh qahramonga homiy. U insonlar koʻziga koʻrinmaydi, qanoti, pati oltin, kumush va b. dan deb taʼriflanadi. Xalqimiz orasida Anqo baxt, tole, davlat qushi, kimga soyasi tushsa, oʻsha baxtli boʻladi, degan fikr mavjud. Taqchil, kamyob narsalar haqidagi «anqoning urugʻi» degan ibora shundan olingan. Rivoyat, ertak va choʻpchaklarda A. Semurgʻga, Humoga ham oʻxshatiladi.