ASBEST KARTON — xrizotil-asbest tolaga bakelit shimdirib tayyorlanadigan oʻtga chidamli izolyatsiya materiali. Asbest karton 2 — 10 mm qalinlikda 1000 x 1000 mm oʻlchamli list koʻrinishida ishlab chiqariladi. Pardozlash, issiqlikdan izolyatsiyalash materiali sifatida, qistirma tayyorlash va b. maqsadlarda ishlatiladi.