ANJU SULOLASI — oʻrta asrlarda qator Yevropa mamlakatlarida Anju (Fransiya) graflaridan boshlangan qirollar sulolasi. Angliyada 1154 — 1399-y. larda (q. Plantagenetlar), Jan. Italiyada 1268 — 1442-y. larda hukmronlik qilgan; Sitsiliyada — 1268 — 82 (norasmiy 1266 — 1302). Sitsiliya va Jan. Italiyadagi Anju sulolasi asoschisi — Karl Anjuyskiy (1285-y. gacha hukmronlik qilgan). Sitsiliyadagi 1282-y. qoʻzgʻoloni va Aragon sulolasi qaror topgan Sitsiliya o. ajrab chiqqach (1302), anjuliklar qoʻlida faqat Jan. Italiya — Neapol qirolligi saqlanib qolgan. Vengriyadagi Anju sulolasi 1308 — 87 y. larda hukmronlik qilgan (asoschisi — Karl Robert, 1342-y. gacha taxtni boshqargan); Polshada — 1370 — 82 va 1384 — 85 y. larda mamlakatni boshqargan.