AYYUBXON

AYYUBXON Muhammad (1907-1974) — Pokiston davlat va siyosat arbobi. Aligarxdagi (Hindiston) musulmonlar un-tini, soʻngra Sandxerstdagi (Angliya) Qirollik harbiy kollejini bitirgan. 1928-y. dan harbiy xizmatda, 2-jahon urushida qatnashgan. 1951-y. dan Pokiston armiyasi qoʻmondoni. 1954—55 y. larda Mudofaa vaziri, 1956—58 y. larda yana Pokiston armiyasi qoʻmondoni. Ayyubxon 1958-y. dagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. 1960-y. dan Pokiston Islom Respublikasining prezidenti. Hukmron «Musulmonlar ligasi» partiyasining raisi (1963-y. dan). Ayyubxon 1966-y. yanv. da Toshkentda olib borilgan Pokiston bilan Xindiston oʻrtasidagi muzoqaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga muhim hissa qoʻshdi (q. Toshkent deklaratsiyasi). 1969-y. martda prezidentlik lavozimidan boʻshab, oʻz vakolatlarini armiya qoʻmondoni general Yahyoxonga topshirgan.


Lotin alifbosida maqola: AYYUBXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
POKISTON
HINDISTON
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты