BOLGʻALANUVCHANLIK — metall va qotishmalarning bolgʻalash, prokatlash (bosim ostida siqib ishlov berish), kiryalash (sim choʻzish), presslash va shtamplashga moyillik xossasi. Materiallarning deformatsiya qarshiligi va plastiklik xossasi b-n ifodalanadi. Bolgʻalanuvchanlik xossasiga ega boʻlgan materiallarning deformatsiyaga qarshiligi past, plastikligi yuqori boʻladi.