DVIGATEL

DVIGATEL (rus.) biror turdagi energiyani (mas, suv, shamol energiyasini) mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina. Tabiiy energetika resurelari (yonilgʻi, suv energiyasi, shamol energiyasi va b.) ni toʻgʻridan-toʻgʻri mexanik energiyaga aylantiruvchi Dvigatel birlamch i D. deb ataladi (mas, bugʻ mashinasi, bugʻ turbinasi va b.). Birlamchi Dvigatel hosil qilgan energiyani boshqa turga oʻzgartiruvchi Dvigatel ikkilamchi Dvigatel deb ataladi (mas, elektr yoki pnevmatik Dvigatel). Tabiiy energetika resurelari turiga qarab, issiqlik, gidravlik (suv), shamol va b. D. lar boʻladi. Issiklik Dvigatel oʻz navbatida bugʻ dvigateli va gaz dvigateliga boʻlinadi. Gaz Dvigatel ichki yonuv dvigateli deb ham ataladi. Issiklik Dvigatel yadro kuch qurilmalarining tarkibiy ele-mentlari sifatida ishlatilishi mumkin. Dvigatel statsionar (muqim), koʻchma va transport xillariga ham ajratiladi. Statsionar Dvigatel bir joyga oʻrnatib ishlatiladi. Kuchma va transport Dvigatel traktor, avtomobil va samolyotlarga oʻrnatiladi. Dvigatel asosiy ish organi harakati tarziga qarab, porshenli, parrakli (rotorli) va reaktiv xillarga boʻlinadi (q. Aviatsiya dvigateli, Avtomobil dvigateli, Reaktiv dvigatel).

Oʻrta Osiyo, Misr, Xitoy va Hindistonda qadimda ekinlar eng oddiy Dvigatel — charxpadaklar yordamida sugʻorilgan. 18-a. oxirida Angliya sanoatida boshlangan yuksalish mashina texnikasining rivojlanishiga sabab boʻldi. Angliyada 1784-y. da J. Uatt ishlab chiqqan issiklik Dvigateli suv nasoslarida keng qoʻllanila boshladi. I. I. Polzunov 1763-y. da dunyoda birinchi bugʻ ma-shinasini ixtiro qildi. Birinchi ichki yonuv dvigateli loyihasi 1879-y. da tuzildi. Germaniyada 1885-y. da ixtirochilar Daymler va Bens benzin bilan ishlaydigan ixcham ichki yonuv Dvigatel ini qurdi. 1893-y. da nemis olimi R. Dizel yangi prinsipda ishlaydigan Dvigatelni (dizelni) yaratdi. 1911-y. da rus ixtirochisi Ya. V. Mamin 18 va 33 kVt li Dvigatelni traktorga oʻrnatdi. 1888—89 y. larda rus olimi M. O. Dolivo-Dobrovolskiy 3 fazali asinxron elektr mashinasini yasadi.

20-a. 1 – yarmida issiklik dvigatelining yangi turi 3 — gaz turbinali dvigatel yaratildi. U aviatsiyada eng keng tarqalgan (aviatsiyada ular turboreaktiv dvigatellar deb ataladi). Gaz-turbinali dvigatellardan issiklik elektr styalarida elektr generatorlarini xarakatlantirishda gaz-turbovozlar, ogʻir kj avtomobillari va b. transport vositalarida, kemalar, katerlar va suv osti kemalarida tortuvchi dvigatellar sifatida foydalaniladi. Rus olimi K. E. Siolkovskiy dunyoda birinchi boʻlib raketa dvigatellarining asosiy elementlarini bayon qildi. Raketa dvigatellari reaktiv dvigatelning bir turi hisoblanadi. Havoreaktiv dvigatellari da yonish kamerasiga yonilgʻidan tashqari havo ham beriladi. Shu bois ulardan faqat atmosferaning zich qatlamlarida uchishdagina foydalanish mumkin. Raketa dvigatellari ga havo shart emas (yonilgʻining barcha aralashmalari bularning oʻzida mavjud), ular havosiz boʻshliq, yaʼni koinotda bemalol ishlay oladi. Ushbu dvigatellar asosan jangovar raketalarga hamda kosmik kemalarnmt raketa eltuvchilariga oʻrnatiladi. Yu. A. Gagarin boshqargan birinchi «Vostok» kosmik kemasi Dvigatel ining quvvati 14 mln. kVt (20 mln. o. k.) edi. Bugʻ turbinalari yirik elektr st-yalarining asosiy Dvigateli boʻlib qoldi. Mas, Toshkent GRES ida har qaysisining quvvati 165000 kVt dan boʻlgan bugʻ turbinalari, Sirdaryo GRES ida esa 300000 kVt li bugʻ turbinalari ishlab turibdi.


Lotin alifbosida maqola: DVIGATEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVTOMOBIL
AVIATSIYA DVIGATELI
BUGʻ TURBINASI
AKKUMULYATOR
AVTOMOBIL YOʻLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты