DENGIZ

DENGIZ — Dunyo okeanining bir qis-mi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kup uralgan bulsa, okeandan tafovuti shuncha kup buladi. Oke-anlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, mas, Sargasso Dengiz va Filippin D. Aslida kul (mas, Orol, Kaspiy, Oʻlik dengizlari), lekin maydoni ancha katta bulganligidan Dengiz deb atalgan, baʼzi Dengiz larga esa qoʻltiq deyiladi (mas, Gudzon qoʻltigʻi, Fors qoʻltigʻi). D. lar geografik oʻrni va gidrologik rejimi xususiyatlariga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: materiklar orasidagi Dengizlar, materik ichkarisidagi Dengizlar va chekka Dengiz lar.

Materiklar orasidagi Dengizlar juda chuqur buladi. Bularga Oʻrta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi Dengizlar, Karib dengizi va Qizil dengiz kiradi. Materikdagi Dengizlar biron materikning ichkarisida joylashgan boʻladi. Bularga Oq dengiz, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va b. kiradi.

Chekka Dengizlar okean va materiklarning chekkalarida boʻladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Bering dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va b. kiradi.

Dengiz atrofidagi qurukdik Dengizning iqlimi, suv rejimi va suv osti yotqiziqlariga uz taʼsirini koʻrsatadi. Bunday taʼsir materik ichkarisidagi va materiklar orasidagi Dengiz larda ayniqsa katta buladi. Dengiz atrofidagi daryolar Dengizga chuchuk suv bilan birga loyqa (oqiziq) jinslarni keltiradi. Dengizlar geologik nuqtayi nazardan yosh hosillardir. Ular uchlamchi davrda vujudga kelgan, toʻrtlamchi davrda toʻliq shakllangan. Eng chuqur Dengizlar Yer pustining upirilgan — yorilgan joylarida hosil boʻlgan. Mac, Oʻrta dengiz (eng chuqur joyi 5121 m), Karib dengizi (eng chuqur joyi 7090 m) va b. Sayoz Dengizlar materik chekkalarining choʻkkan qismlarini okean suvining bosishidan yoki okean sathining koʻtarilishidan paydo boʻlgan. Bunday Dengizlar koʻpincha materik sayozliklarda joylashgan (q. Shelf). Mac, Sharqiy Sibir dengizi, Shimoliy dengiz va b.

Dengiz tubining relyefi okeanlarning ochiq qismi tubining relyefiga qaraganda oddiyroq tuzilgan. Dengiz tubi relyefida katta masofaga choʻzilgan suv osti baland tizmalari, keng platolar emas, balki uncha chuqur boʻlmagan soyliklar, tepaliklar, sayozliklar koʻp.

Dengiz iqlimiga quruqlikning taʼsiri katta. Tropiklardagi Dengizlar ustida t-raning oʻrtacha yillik amplitudasi 15° (Fors qoʻltigʻi), oʻrtacha kengliklarda esa 30° va undan ortiq (Yapon dengizi). D. yuzasidagi suv t-rasining amplitudasi oʻrtacha va subtropik kengliklardagi Dengiz larda eng katta (mas, Oʻrta dengizda 17° gacha), ekvator atroflaridagi Dengiz larda esa eng kichik (mas, Sula-vesi dengizida 2° dan kam) boʻladi. Geografik oʻrniga qarab baʼzi Dengizlar yuzasining t-rasi qoʻshni okean yuzasinikiga qaraganda yuqoriroq boʻladi (mas, Qizil dengiz), baʼzi Dengizlar yuzasining t-rasi esa okean yuzasinikidan pastroq boʻladi (mas, Oxota dengizi).

Dengiz suvining shoʻrligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan kam boʻlsa, shoʻrlik darajasi past boʻladi (mas, Boltiq dengizida 6—8%o). Bunda bugʻlanmay qolgan ortiqcha suv Dengiz yuzasidan oqeanga chiqib ketadi. Agar bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan ortiq boʻlsa, Dengiz larning shoʻrlik darajasi yuqori boʻladi (mas, Qizil dengizda 41,5%o). Bunda ortiqcha bugʻlanish natijasida Dengiz sathi pasayadi. Natijada oke-andan suv oqib keladi.

Dengiz larda shoʻrlik va t-ra turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.

Dengiz larda zichlikning mavsumiy oʻzgarib turishi natijasida, mavsumiy vertikal sirkulyatsiya kuchli boʻladi. Suv yuzasidagi zichlik katta boʻlgan dengizlarda vertikal sirkulyatsiya dengiz tubigacha yetib boradi.

Oqimlar Dengiz larda kam. Quruklikdan quyilgan suvlar, atmosferadagi siklonlar, Yerning aylanishidan vujudga kelgan buruvchi kuch taʼsirida oqimlar aylanma harakat qiladi. Ularning yoʻnalishi Shim. yarim sharda soat mili yoʻnalishiga qarshi, Jan. yarim sharda esa soat mili yoʻnalishi boʻylab boʻladi.

Dengizlar hayvonot va oʻsimlik dunyosining endemik turlari koʻpligi va organik dunyosining xilma-xil boʻlishi bilan okeanlardan farq. qiladi.

Ad.: Kerrington R., Biografiya morya, L., 1964.


Lotin alifbosida maqola: DENGIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HIND OKEANI
AVSTRALIYA
ATLANTIKA OKEANI
BERUNIY
IQLIM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты