DOMNA ISHLAB CHIQARISHI

DOMNA ISHLAB CHIQARISHI — metallurgiya korxonalarining domna sexlarida (yoki alohida domnali z-dlarda) choʻyan ishlab chiqarish. Hora metallurgiya i. ch. siklining asosiy boʻgʻini. Domna ishlab chiqarishi asosi — domna pechi. Domna pechi mahsulotlari asosan (82— 84%) qayta ishlanuvchi choʻyanlardan iborat. Bunday choʻyanlar bessemer, tomas konvertorlarida (q. Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni) va marten penila qayta ishlanib, poʻlatga aylantiriladi. Quyma choʻyanlar domna choʻyanlarining taxm. 16% ini tashkil qiladi. Ularni qayta eritib, quymalar olinadi. Domna pechidan chiqadigan toshqol (shlak) va domna gazi ham sa-noatda ishlatiladi. Toshqoldan sement, beton, oʻgʻit va kurilish sanoatida ishlatiladigan kuymalar olishda foydalaniladi.

Domna ishlab chiqarishida xomashyo sifatida temir rudasi, yoqilgʻi va flyuslar ishlatiladi. Ruda sifatida kizil, qoʻngʻir, magnit hamda shpat temir toshlari qoʻllaniladi. Maxsus choʻyanlar olish uchun tabi-iylegirlangan temir va marganes rudalaridan ham foydalaniladi. Eri-tishdan oldin rudalar boyitiladi (foydali minerallar zararli qoʻshim-chalardan tozalanadi). Yoqilgʻi sifatida koks, flyus sifatida, asosan, ohaktosh, dolomit va marten pechidan chikadigan toshqollar ishlatiladi.

Domna pechi koloshnik orqali shixta (pechga tashlanadigan materiallar — koks, aglomerat va b.) bilan toʻldiriladi. Shixta avval ruda maydonidagi uralarga yoki vagonlarda toʻgʻri bunkerlar estakadasiga keltiriladi. Koks va aglomerat (yiriklashtirilgan ruda) tas-mali transportyorlar yordamida koks batareyasi yoki aglomerat f-kasidan ham keltirilishi mumkin. Shixta aravacha-bunkerlardan avval tarozi-vagonlarga, soʻngra skiplar (oʻz-oʻzidan boʻshaydigan aravachalar) ga solinadi. Ikki skip chigir (lebyodka) yordamida koʻprikdan koʻtarilib, shixtani yuklash qurilmasiga toʻkadi. Shixta taqsimlovchi moslamaga tushib, kichik konusni ochadi va tukuvchi moslamaga, soʻngra katta konusni ochib, pechning ichiga tushadi. Har bir shixta solinganidan soʻng taqsimlovchi moslama kichik konus b-n birga 60° buriladi, natijada shixta tekis solinadi.

Havo rekuperatorlaraa 800—1160° gacha qizdirilib, maxsus nasoslar yordamida taqsimlash quvuri va furmalar orqali pechga yuboriladi. Rekuperatorlarning soni pechning katta-kichikligiga qarab toʻrttagacha, furmalar esa 20 tagacha boʻladi.

Domna gazi quvurlar orqali gaz tozalash kurilmalariga kelib tozalanadi. Domnaga berilgan havo furma atrofida uglerod bilan birikib, karbonat angidrid (SO2) hosil qiladi. Domna gazlarining t-rasi 1900° gacha koʻtariladi. SO2 yuqori t-rada qisman uglerod (II)-oksid (SO) ga aylanadi. Issiklikning shixtaga sarflanishi va reaksiya natijasida domna gazlarining t-rasi pasayib, koloshnikda 200—360° atrofida boʻladi. 570° dan past t-rada temir oksidlaridan ajralgan kislorod SO bilan birikib, SO2 ga aylanadi. T-ra oshganda (750—900°) temir kisloroddan juda tez ajralib, sof temir (Fe) va SO hosil boʻladi. Bu reaksiyalar ortiqcha uglerod taʼsirida utgani uchun qaytarilgan temir uglerod bilan birikib, toza temirga qaraganda pastroq t-rada suyuklanadigan choʻyan hosil boʻladi (toza temir 1539° da suyuklanadi). Choʻyan va shlak domna pechi gorniga yigʻilib, vaqt-vaqti bilan teshikdan chiqariladi. Shixta materiallari (ruda va koks) da boshqa aralashmalar ham boʻlgani uchun kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor va b. chuyan tarkibiga utadi. Ulardan baʼzilari (kremniy, marganes) foydali, baʼzilari (oltingugurt, fosfor) zararli hisoblanadi. Domna jarayoni ulchov asboblari yordamida kuzatib boriladi. Olinadigan chuyan turi va asboblarning kursatishiga qarab shixta tarkibi, havo t-rasi va miqdori oʻzgartirib turiladi.


Lotin alifbosida maqola: DOMNA ISHLAB CHIQARISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: D harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



CHOʻYAN
MARTEN ISHLAB CHIQARISHI
FRANSIYA
TOSHKENT
MARTEN PECHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты