IBTIDOIY GʻOʻZALAR

IBTIDOIY GʻOʻZALAR, gʻoʻzaning primitiv shakllari, gʻoʻzaning qadimgi yovvoyi shakllari — koʻsaklari va chigitlari mayda koʻp yillik monopodial buta; madaniylashtirilgan gʻoʻzaning birinchi evolyutsion shakli. Ular asosan qisqa kunda oʻsib rivojlanadi, qurgʻoqchilikka chidamli, chigitining nihoyatda sekin va bir tekisda unib chiqmasligi bilan farq qiladi. Tolasi siyrak va qisqa, yashilqoʻngʻir, qoʻngʻir yoki qoramtir-kulrang boʻlib, koʻpincha chigitga qattiq yopishib turadi. Uz. 15 — 20 mm. Ibtidoiy gʻoʻzalar tabiiy sharoitda mustaqil oʻsadi va koʻpayadi. Baʼzan ular manzarali oʻsimlik sifatida ham oʻstiriladi. Ibtidoiy gʻoʻzalar endemik bulib, birlamchi togʻ qoyalarida, toshloq yoki qumloq yerlarning oʻzlashtirilmagan zonalarida kserofit butalar bilan birga oʻsadi. Ularning tarqalish areali cheklangan. Ibtidoiy gʻoʻzalar gʻoʻzaning madaniy shakllari tarqalgan boshqa tropik mamlakatlar va hududlarda uchramaydi. Har bir madaniylashtirilgan gʻoʻzaning oʻz ibtidoiy shakllari mavjud. Mas, Meksika gʻoʻzasida — ssp. mexicanum Tod. tipining 2 ta kenja turi — var. nervosum Watt., var. microcarpum Tod. bor; peru gʻoʻzasining ssp. darwini Watt, tipi, afrika-osiyo gʻoʻzasining ssp. africanum Watt., hindixitoy gʻoʻzasining ssp. obtusifolium Roxb. tiplari mavjud.

Ibtidoiy gʻoʻzalar ayrimlari qimmatli belgi va xususiyatlarga ega boʻlib, ulardan amaliy seleksiyada foydalanish mumkin. Mac, var. nervosum kenja turi serho-sil, viltga chidamli Toshkent guruhi navlarini yaratishda asos boʻlib xizmat qildi. Ibtidoiy gʻoʻzalar — ruderal gʻuzalariint avlodboshisi hisoblanadi.

Abdumavlon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: IBTIDOIY GʻOʻZALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
IBTIDOIY JAMIYAT
ITALIYA
ALISHER NAVOIY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты