IMMUN ZARDOBLAR

IMMUN ZARDOBLAR — biror antigen bilan immunlangan odam va hayvonlar qonidan olinadigan va tarkibida shu antigenga xos antitelolari boʻlgan zardoblar. Immun zardob, odatda, sunʼiy immunlangan hayvonlar (quyon, ot, dengiz choʻchqalari) qonidan (q. Immunlash) yoki baʼzi yuqumli kasalliklar bilan ogʻrib oʻtgan kishilar qonidan olinadi. Immun zardoblarning himoya va davo xususiyatlari ular tarkibida maxsus birikmalar — kasallik qoʻzgʻatuvchi omillarni topa olish (ularga nisbatan maxsus sezuvchanligi bor) va zararsizlantirish xususiyatiga ega boʻlgan antitelolar borligiga asoslangan (q. Immunitet). Yot oqsili bor har qanday agentning kirishiga javoban odam yoki hayvon organizmida antitelolar qosil boʻladi va uning qon zardobida uzok, vaqt, baʼzan, umrbod saklanadi. Baʼzi yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan odamlarning bir umr ushbu kasallik bilan qayta kasallanmasliklarining boisi shunda. Diagnostika (serodiagnostika) va davo-profilaktika (seroprofilaktika, seroterapiya) maqsadida qoʻllaniladigan Immun zardoblar mavjud. Organizmga Immun zardoblar yuborilganda passiv immenitet hosil boʻlib, u maʼlum muddat (2—4 hafta) saklanib turadi. Shuni nazarda tutib, infeksion kasallik (mas, qizamiq) bilan ogʻrigan bemorga yaqin yurgan kishilarni kasallikdan saqlash maqsadida Immun zardoblar bilan emlanadi. Immun zardoblar boʻgʻma, qoqshol, botulizm va h. k. ni davolashda, shuningdek, ilon, ari, baʼzi hasharotlar chaqqanda va b. hollarda qoʻllaniladi. Zardob tarkibidagi antiteloning tabiatiga qarab antitoksik, antibakterial, antivirus va ilon zahariga qarshi I. z. farqlanadi. Ke-yingi yillarda antileykotsitar zardoblarning kashf etilishi va ularni tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazishda donor va retsipiyentni aniqlash, shuningdek, immunogenetika masalalarini oʻrganish imkonini berdi. Immun zardoblar yuborilgandan keyin baʼzan shok va zardob kasalligi roʻy berishi mumkin. Buning oldini olish uchun immun zardobni yuborishdan oldinroq (15—30 daqiqa, baʼzan 1—2 kun ilgari) uning ozroq mikdori yuborib koʻriladi.


Lotin alifbosida maqola: IMMUN ZARDOBLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
IMMUNITET
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты