IP OʻRASH MASHINASI

IP OʻRASH MASHINASI — toʻqimachilikda kalava ip, ipak, sunʼiy iplar va b. iplarni gʻaltak yoki bobinalarga qayta oʻraydigan mashina. Mac, kalava ipni qayta oʻraydigan mashinalar arqoqni qayta oʻrash va tandani qayta oʻrash mashinalariga boʻlinadi. Ular oʻz navbatida ipni parallel oʻraydigan va ayqash oʻraydigan xillarga ajraladi. Iplar parallel oʻralganda ikki flanes (chetki devor)li gʻaltak ishlatiladi. Iplarni ayqash (xochsimon) qilib oʻrashda devorsiz bobinadan foydalaniladi. Ipni bobinaga oʻrashda yigirish mashinalaridan olingan naychalar / qoʻzgʻalmas shpilkalarga kiygiziladi, naychalardan boʻshalib chiqayotgan ip kronshteyn 2 ga oʻrnatilgan taranglagich 3 dan oʻtadi. Ip oʻrash barabanchasi 4 ning vintsimon oʻyigʻi boʻylab oʻtib, aylanib turuvchi bobina 5 ga oʻraladi. Bobinadan ip, dastlab, konussimon qogʻoz patron 6 ga oʻraladi. Bu patronlar tutgich 9 ga oʻrnatilgan oʻq 8 dagi urchuq 7 ga kiygiziladi. Arqoq ipi oʻralgan ka-lavalar toʻquv stanogining mokisiga toʻgʻri kelmasa yoki ip yaxshi oʻralmagan boʻlsa, Ip oʻrash mashinasi yoki avtomatlarda mokiga toʻgʻri keladigan naychalarga qayta oʻraladi. Tayyorlangan tanda (oʻrish) va arqoq iplari toʻqish sexiga beriladi.


Lotin alifbosida maqola: IP OʻRASH MASHINASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IPAKCHILIK SANOATI
IPAK YIGIRISH VA PISHITISH
KALAVA IP
BUYUK IPAK YOʻLI
Alisher Fayz - Devor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты