IUDAIZM

IUDAIZM, yahudiylik — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston ya. o. ning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-a. da Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-a. da Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. Iudaizm ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Iudaizm nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.

Dastlab Iudaizm koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. av. 10—6-a. larda Iudaizm yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish Iudaizmning asosiy aqidalaridir. Iudaizm dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, . xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. Iudaizmning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.

Fanda Iudaizmning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy Iudaizm (Bibliya davri), klassik Iudaizm (mil. av. 536 — mil. 70-y. lar), ravvinlar davri va yangi davr I. i (mo-dernistik Iudaizm). Eng qadimiy Iudaizm, dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-a. lar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6a. oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-a. da yozib olingan. Bundan keyin Iudaizmning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586-y. yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 y. davom etgan «Bobil asirligi» va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. «Kdsimgi axd» matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-a. da, Bobil Talmudi — 5-a. da eʼlon qilindi.

7—17-a. larda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. 18-a. dan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi.

Iudaizmda qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-a. dan milodning 2-a. igacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal Iudaizm bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-a. larida ortodoksal Iudaizmga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin Iudaizmdan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (q. Xristi-anlik).

Iudaizmga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln. ga yaqin, ularning uchdan bir qismi AQSH dadir.


Lotin alifbosida maqola: IUDAIZM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISROIL
FALASTIN
ISLOM
XITOY
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты