HUQUQIY MASLAHATCHI

HUQUQIY MASLAHATCHI, yuri dik maslahatchi (OʻzRda) — tashkilotning huquqiy xizmat xodimi. U davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining, respublika hamda mahalliy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuridik (huquqiy) xizmatini amalga oshiradi. Huquqiy maslahatchi zimmasiga maʼmuriyat tomonidan chiqariladigan buyruq, farmoyishlarning hamda boshqa huquqiy mazmundagi hujjatlarning qonuniyligini nazorat qilish; boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan shartnoma va bitimlar tuzishda ishtirok etish; xodimlar hamda xizmatchilarga amaldagi qonunchilik toʻgʻrisida axborot berish, ularga \uquqiy yordam koʻrsatish; sudlarga daʼvogar yoki javobgar sifatida ishtirok etayotgan tashkilot (muassasa) larning ishini yuritish; tashkilot (mu. assasa) xodimi sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tariqasida jalb qilingan hollarda dastlabki tergov va sudda jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etish yukla-tilgan. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs boshqaruv organlarida va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxona, muassasa hamda tashkilotlarda yuridik maslahatchi boʻlib ishlashi mumkin. Vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora va respublikaning boshqa boshqaruv organi yuridik boʻlinmasining boshligʻi yoki yuridik maslahatchisi la-vozimini egallash uchun kamida 5 yillik yuridik maslahatchi ish tajribasiga ega boʻlish zarur. Yuridik masla-hatchilar 5 yilda 1-marta Adliya vazirligida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent sh. adliya boshqarmalarida qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtadilar. Yosh mutaxassislar va homilador ayollar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi. Huquqiy maslahatchi attestatsiyadan oʻta olmasa, u 6 oy mud-datdan soʻng yana qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtish uchun yuborilishi mumkin. Yuridik maslahatchiga huquqiy ishlarga taalluqli boʻlmagan boshqa ishlarning yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mansabdor shaxslar tomo-nidan yuridik maslahatchiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga va unga berilgan huquqlardan foydalanishga qarshilik koʻrsatilsa va bu qonunchilikning buzilishiga hamda fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfa-atlariga zarar yetkazilishiga olib kelsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari taqdimnomasi boʻyicha aybdor mansabdor shaxslar yuridik javobgarlikka tortiladilar.


Lotin alifbosida maqola: HUQUQIY MASLAHATCHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADVOKAT
HUQUQIY YORDAM
ANDIJON VILOYATI
AYBLOV
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты