JANDA

JANDA (fors. — koʻhna, eski) — 1) ustki kiyim. Mato boʻlaklaridan (quroq usulida) uzun va keng qilib tikilgan. Asosan qalandar va shayxlar kiygan (xirqa). Hoz. maʼnoda — juldur chopon, yaktak;

2) qoʻlda toʻqilgan ip mato turi. Asosan qoʻlda, keyinroq f-kada yigirilgan ipdan yoʻl-yoʻl katak gulli qilib oʻziga xos tarzda qalin qilib toʻqilgan. Naqsh mujassamoti ingichka yoʻllar mayda kataklardan iborat keng yoʻllar bilan bir maromda almashinib kelishiga asoslangan, har bir rangli ip oʻz yoʻgʻonligiga ega boʻlgan (maye, qizil rang 2 va qora rang 6 ipdan iborat boʻlgan). Janda matosi oʻta pishiqligi va rangining odmiligi b-n ajralib turgan. Turkiston (Tojikiston, Oʻzbekiston)da Jandadan toʻn tayyorlangan. 20-a. 20-y. laridan Janda toʻqish deyarli barham topgan.


Lotin alifbosida maqola: JANDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
TOJIKISTON
TOSHKENT
AMALIY SANʼAT
TOʻN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты