MATEMATIK FIZIKA

MATEMATIK FIZIKA — fizik jarayonlarning matematik modellari nazariyasi. Matematik fizikada asosan, nazariy fizikada qurilgan modellar matematik usullar bilan oʻrganiladi. Matematik fizika matematikada, fizikada va ularning birla-shuvi bilan alohida oʻrin egallaydi.

Matematik fizika usullari fizikaning matematik modellash nazariyasi sifatida da-stlab I. Nyuton asarlarida rivojlangan. Keyinchalik Matematik fizika usullari J. Lagranj, L. Eyler, J. Furye, K. Gauss, B. Riman, M. V. Ostrogradskiylar nomi b-n bogʻliq. Oʻtgan ayerning 2-yarmidan boshlab fizik maydonlar, elektrodinamikada, akustikada, elastiklik nazariyasida, gidro – va aerodinamikada va tutash muhitlar mexanikasida vujudga keluvchi matematik modellarni oʻrganish keskin rivojlandi. Bunday fizik jarayonlarni ifodalovchi modellarni matematik usullar bilan hal qilish — xususiy hosilali differensial tenglamalar yoki Matematik fizika tenglamalari nazariyasiga tayanib amalga oshiriladi. Shu bilan birga Matematik fizika muammolarini hal qilishda differensial tenglamalardan tashqari, integral yoki integrodifferensial tenglamalar, variatsion, ehtimollar nazariyasi usullari, potensiallar nazariyasi, kompleks funksiyalar nazariyasi usullari, EHM va mat. ning boshqa boʻlimlaridan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: MATEMATIK FIZIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
MATEMATIKA
MEXANIKA
FRANSIYA
MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты