MATO

MATO — xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qoʻlda toʻqib tayyorlangan toʻqimachilik mahsuloti; gazlama. Oʻrta Osiyo hududida ip (boʻz, janda, olacha, susi, chit, kalami), ipak (atlas, baxmal, zandonachi, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras, parpasha) M. lar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirgʻa), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yoʻl-yoʻl va kataklar hosil qilib bezash yoʻlga qoʻyilgan; shuningdek, abrbandi usulida boʻyab tayyorlangan, bosma qolipda gul bosish (ayniqsa, chitgarlikda) rivojlangan. Oʻzbekiston hududi (Buxoro, Margʻilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm va b.)da Mato tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan.

Xalq ustalari tomonidan hoz. kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan Matolar (adras, atlas, beqasam, shoyi va b.) anʼanaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor; respublika hududida va xorijda ham ushbu Mato larga talab katta.


Lotin alifbosida maqola: MATO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMALIY SANʼAT
IPAKCHILIK SANOATI
QOʻQON XONLIGI
NAMANGAN VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты