KUVAYT

KUVAYT, Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston ya. o. da, Fors qoʻltigʻining shim.-gʻarbiy sohilidagi davlat. Mayd. 17,8 ming km2. Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Quvayt sh. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Kuvayt — konstitutsiyali movarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-y. 16 noyab. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-y. dan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Kuvayt hududi Afrika — Arabiston platformasining shim.-sharqida. Basra—Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanv. ning t-rasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100—150 mm. Landshafta: shim. qismida toshloq, markaziy va jan. qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.

Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom dini. Aqolining 96% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kuvayt va Al-Ahmadi.

Tarixi. Mil. av. 3-ming yillikkacha Kuvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.

7-a. dan Kuvayt arab xalifaligi, 16-a. dan Usmonli turk saltanati tarkibida. 18-a. oʻrtalaridan Kuvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. 18-a. ning 60-y. laridan Kuvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899-y. dan Kuvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Kuvayt xalqining kurashi natijasida 1961-y. 19-iyunda Kuvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967-y. da Kuvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Kuvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990-y. 2 avg. da Iroq K. ni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Kuvaytni 1991-y. 26 fev. da butunlay ozod qildi.

Kuvayt 1963-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-y. 8-iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 fev. — Milliy kun (1961).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Kuvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Kuvayt demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991-y. 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. Kuvayt ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967-y. dek. da tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi. 2-jahon urushigacha Kuvayt iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-y. larga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi Kuvayt iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi. Ammo 1993-y. dayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994-y. 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Kuvaytda neftdan olinadigan daromadlarning 10% «Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi»ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta z-d mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va b.) i. ch. kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr st-yalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-y. larda neft sanoati yalpi ichki maxsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, q. x. esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 y. da oʻrtacha 16,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

K – x. da hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % q. x. ga yaroq-li. Bu aholinig q. x. mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. Kuvaytda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), AshShuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. Kuvaytning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada Kuvaytga karashli neftni qayta ishlash z-dlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning «British petrolium», «Midlend», Germaniyanig «Daymler bens», «Folksfagen», «Simens», Ispaniyaning «Taras», Fransiyaning «Pariba» kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. «Santa-Fe» xalqaro neft kompaniyasi Kuvaytning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSH, Yevropa Itti-foqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari. Vrachlar Kuvayt davlat untida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 y., oraliq maktabda 4 y. va oʻrta maktabda 4 y. Boshlangʻich va oral i q maktablarda 6 — 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — K. davlat un-ti (1966-y. da asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: K. ilmiytadqiqot in-ti (1967), q. x. tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish in-ti (1966) — hammasi Kuvayt sh. da. Kuvayt markaziy kutubxonasi (1936), un-t kutubxonasi, Kuvayt sh. da Kuvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Kuvaytda bir necha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: «Al-Anba» («Xabarlar», arab tilidagi kundalik gaz., 1976-y. dan), «Arab tayme» («Arab vaqti», ingliz tilidagi gaz., 1977-y. dan), «Al-Vatan» (arab tilidagi kundalik gaz., 1974-y. dan), «Al-Jamahir» («Omma», arab tilidagi kundalik gaz., 1984-y. dan), «Al-Kabas» («Bilim», arab tilidagi kundalik gaz., 1972-y. dan), «Kuvayt tayme» («Kuvayt vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1961-y. dan), «Ar-Risola» («Maktub», arab tilidagi haftalik gaz., 1961-y. dan), «As-Siyosa» («Siyosat», arab tilidagi kundalik gaz., 1965-y. dan), «Al-Xadaf» («Maqsad», arab tilidagi haftalik gaz., 1961-y. dan), «Al-Amal» («Ishchi», haftalik jur.), «Al-Arabi» («Arab», oynoma, 1958-y. dan), «Al-Kuvayti» («Kuvaytlik», haftalik jur., 1961-y. dan), «At-Talia» («Ilgor», haftanoma, 1962-y. dan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976-y. da tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951-y., televideniyesi 1961-y. tashqil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Faylaka o. dan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (mil. av. 3-a.). Kuvayt sh. ning eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va b.) qurilgan. 1950—60 y. larda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va b.) koʻzga tashlanadi.

Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.

Teatri. 1957-y. Xalq, teatri tuzildi. 1959-y. dan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964-y. truppani miyerlik rej. Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963-y. Fors qoʻltigʻi K. teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967-y. yava bir teatr truppasi — K. teatri tashqil etildi.

Kinosi. 60-y. lar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971-y. «Shafqatsiz dengiz» (rej. Xolid Saddiq) ba-diiy filmi namoyish qilindi. Kuvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq.

Oʻzbekiston — K. munosabatlari. 1994-y. iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrvatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-y. da Oʻzbekiston Respublikasi bilan Kuvayt oʻrtasida «Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim» kelishib olindi.

1997-y. da Kuvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch sh. larini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 y. muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.

1998-y. 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Kuvayt parlamentida Kuvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashqil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.


Lotin alifbosida maqola: KUVAYT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
JANUBIY AFRIKA RESPUBLIKASI
IROQ
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты