KUZGI EKINLAR

KUZGI EKINLAR — kuzda ekilib, qishlaydigan va keyingi yili hosil beradigan bir yillik ekinlar. K. e. ning 2 faol: koʻzgi (45—50 kun; ildiz tarmogʻi va yer ustki vegetativ organlari shakllanadi) va bahorgi — yozgi (75 — 100 kun; generativ organlari rivojlanadi) vegetatsiya davri boʻladi. Kuzgi ekinlar bahorda ekilganda unib, bachki poyalari oʻsib chiqadi, lekin meva tugmaydi (don bermaydi). Kuzgi ekinlarga boshoqli don oʻsimliklaridan bugʻdoy, javdar, arpa; butguldoshlardan koʻzgi raps, surepka va b. ; dukkakdoshlardan kuzgi vika va b. kiradi. Yevropa va AQSHda Kuzgi ekinlardan eng koʻp ekiladigani koʻzgi bugʻdoydir. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Kuzgi ekinlar birinchi yoki oralik ekinlar sifatida jadallashgan almashlab ekish tizimlarida qoʻllaniladi. 1:4:1:4 sxemali almashlab ekishda 1 – va 6-da-lalarda 1 yilda 2-marta don hosil olivadi, shunda 1-ekin Kuzgi ekinlar, 2-ekin sifatida makkajoʻxori ekiladi. Kuzgi ekinlar bahori ekinlarga qaraganda serhosil boʻladi (q. Lalmikorlik).


Lotin alifbosida maqola: KUZGI EKINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: K harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALMASHLAB EKISH
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
DEHQONCHILIK TIZIMI
EKINLARNI EKISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты