MONOPLAN (mono… va lot. planum — tekislik) — bir qanotli samolyot. Qanoti yupqa va yassi boʻlganligi uchun u tekislik deb atalgan. Qanotning fyuzelyajta nisbatan oʻrnatilish usuliga koʻra, Monoplan yukrriplan, oʻrtaplan va pastplan kabi xillarga boʻlinadi. Monoplan yengil aviatsiya va sport aviatsiyasida qoʻllanadi.