MUSTABIDLIK

MUSTABIDLIK, despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. Mustabidlik mil. av. 7—6-a. larda Yunoniston shaxardavlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Mustabidlik tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shim. va Oʻrta Italiya shahardavlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham Mustabidlikning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor — sinyor qoʻlida jamlangan. Mustabidlik rejimi insoniyattaraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hoz. zamon davlatla – . rida xam uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: MUSTABIDLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: M harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ITALIYA
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты